» » O‘zbekistonda onlayn ro‘yxatdan o‘tgan, biroq to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlarga imkoniyat berildi

O‘zbekistonda onlayn ro‘yxatdan o‘tgan, biroq to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlarga imkoniyat berildi


Davlat test markazi belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan, ammo test sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lovni to‘liq amalga oshirmagan abituriyentlar tomonidan ko‘plab murojaatlar kelib tushgani tufayli davlat komissiyasining 2-sonli bayoniga muvofiq 2020/2021-o‘quv yili qabulida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan, ammo test sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlarga 2020-yil 16-avgustga qadar to‘lovni amalga oshirish uchun imkoniyat yaratilganini xabar qildi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmagan abituriyentlar 2020-yil 16-avgust soat 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishi mumkin.

DTM ma’lumotiga ko‘ra, 2020-yilda jami 1 484 085 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. Bunda to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ham hisobga olingan.

To‘lovni amalga oshirmaganlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

2020-yilda O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalariga (OTM) bakalavriat bosqichiga 162 364 ta, magistraturaga 10 425 ta o‘rin ajratilgan. Kirish imtihonlari ikki smenada respublika bo‘yicha tanlab olingan 155 ta stadionning 40 tasida o‘tkaziladi.

O‘zbekistonda ikkinchi mutaxassislikka hujjatlar qabul qilish jarayoni 2020-yilning 10-avgustidan boshlangan, oliy o‘quv yurtlariga kirish test sinovlari 2-sentabrdan boshlanib, 14 kun davom etadi, bakalavr bosqichining 1, 2, 3, 4-bosqich talabalariga hozircha sentabr oyidan boshlab masofaviy ta’lim boshlanadi.

Respublika Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq, test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar avvalgi yillarda olingan mos fan bo‘yicha test sinovlari bilan almashtirilgan.

Avval abituriyentlarga har 30 ta test topshirig‘ini yechish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) 90 daqiqa vaqt ajratilishi (60 ta test topshirig‘iga jami 180 daqiqa beriladi) haqida xabar qilingandi.

Test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar avvalgi yillarda olingan mos fan bo‘yicha test sinovlari bilan almashtirilgan abituriyentlarga muayyan ta’lim yo‘nalishiga kirish uchun test topshiradigan fanlari majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan qo‘shimcha to‘rttagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini 2020-yil 16-avgustga (16-avgust kuni ham) qadar tanlash huquqi berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 117) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют