OTMlarga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 500 ming nafardan oshdi
Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi 2020-yil 7-iyul soat 18:00 holatiga ko‘ra, 2020/2021-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning umumiy soni 517 409 nafarni tashkil qilmoqda. Shundan 272 586 nafari, ya’ni 52,68 foizi 2020-yilda o‘quv muassasalarini tamomlagan bitiruvchilar.
Ta’lim shakli bo‘yicha hisoblaganda kunduzgi ta’lim shakliga 326 536 nafar, sirtqi ta’limga 182 591 nafar, kechki ta’limga 8 282 nafar abituriyent hujjat topshirgan.
Tillar kesimida:
7-iyul holatiga ko‘ra, abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:
Avval abituriyentlarning hujjatlari DTM sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinishi, test sinovlari karantin qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkazilishi, hujjatlar 20-iyundan 20-iyulgacha (20-iyul kuni ham) qabul qilinishi, abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi haqida videoqo‘llanma, abituriyentlarga test imtihonlari o‘tkaziladigan manzillar joylashuvini ko‘rsatadigan ilova ishlab chiqilgani, test sinovlari bir kunda ikki yoki uch smenada o‘tkazilishi haqida xabarlar berilgan.
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
