» » O‘zbekistonda abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi

O‘zbekistonda abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi


2020/2021-o‘quv yili uchun oliy ta‘lim muassasalarining bakalavriat ta‘lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi.

Ro‘yxatga olish 20-iyundan 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) Davlat test markazining rasmiy veb-sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Avvalroq O‘zbekiston OTMlariga qabul kvotalari tasdiqlangani, so‘xlik bitiruvchilarga OTMlarga kirishda 500 ta davlat granti kvotasi ajratilgani xabar berilgan edi. Abituriyentlar uchun test sinovlari karantin qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkaziladi.

Mavzuga doir: “Kerak bo‘lsa, keyingi yil ham imtihonga qo‘yilmaydi”. Bosh vazir o‘rinbosari testga telefon bilan kirmoqchi bo‘lganlar haqida

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston OTMlariga 2020/2021-o‘quv yili uchun tasdiqlangan qabul kvotalariga ko‘ra, bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakliga 103 575 nafar, sirtqi ta’lim shakliga 31 350 nafar, kechki ta’lim shakliga esa 5025 nafar talaba qabul qilinadi. Magistratura bosqichiga esa 10 425 kvota berilgan. Shuningdek, OTMlariga kirish uchun 2020-yilda 7 toifadagi 8694 nafar abituriyentga imtiyozli davlat granti ajratiladi. Xotin-qizlarning OTMga kirishida qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosida kvota ajratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют