» » APL. “Tottenhem” 7 ta gol urilgan o‘yinda yirik hisobda zafar quchdi. Son Hyon Min poker qayd etdi, Keyndan 4 ta assist

APL. “Tottenhem” 7 ta gol urilgan o‘yinda yirik hisobda zafar quchdi. Son Hyon Min poker qayd etdi, Keyndan 4 ta assist


Futbol bo‘ycha Angliya Premyer Ligasining 2-turida “Tottenhem” 20-sentabr, yakshanba kuni “Sauthempton”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 32-daqiqasida Denni Ingz maydon egalarini oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Son Hyon Min muvozanatni tikladi. Unning goliga Harri Keyn hammualliflik qildi.

Ikkinchi bo‘limni faol boshlagan londonliklar 47-daqiqada ikkinchi golni urdi: Harri Keynning uzatmasidan keyin darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan Son dublini nishonladi.

64-daqiqada yana Keyn qoyilmaqom uzatma bilan koreyalik hujumchini qulay imkoniyatga olib chiqdi, Son esa het-trikni rasmiylashtirdi. Xuddi shu ssenariy 73-daqiqada ham takrorlandi: Sondan poker, Keyn esa to‘rtinchi assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

81-daqiqada Harri Keyn ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. O‘yin yakunlanishi arafasida mezbonlar penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 11 metrlik jarima zarbasini Ingz golga aylantirdi.

APL

2-tur bahsi

20-sentabr, yakshanba

Gollar: 1:0 – 32 Ingz, 1:1 – 45+2 Son Hyon Min, 1:2 – 47 Son Hyon Min, 1:3 – 64 Son Hyon Min, 1:4 – 73 Son Hyon Min, 1:5 – 82 Keyn, 2:5 – 90, penalti Ingz.

“Sauthempton”: Makkarti, Bednarek, Bertran, Uoker-Piters, Stivens, Djenepo, Uord-Prouz, Romeu (Smollboun, 55), Armstrong (Tella, 68), Adams (Long, 80), Ingz.

“Tottenhem”: Lyoris, Sanches, Devis, Doerti, Dayer, Ndombele (Lo Chelso, 46), Hyoyberg, Lukas Moura (Lamela, 61), Uinks, Son Hyon Min, Keyn (Bergveyn, 84).

Ogohlantirishlar: Romeu (5), Adams (39), Bertran (44), Ndombele (45), Stivens (68), Doerti (79).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют