» » APLda Harri Keyn gol urmagan jamoa qolmadi

APLda Harri Keyn gol urmagan jamoa qolmadi


1-yanvar, seshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 21-turida “Tottenhem” hujumchisi Harri Keyn “Kardiff” darvozasini ishg‘ol etdi (3:0).

“Kardiff Siti” Harri Keyn uchun APLda gol kiritgan 28-klub bo‘ldi, deb yoziladi Opta’ning Twitter’dagi rasmiy sahifasida.

Shunday qilib, Keyn Angliya chempionatida o‘zi qarshi o‘ynagan 28 ta raqib jamoa darvozasiga kamida 1 tadan gol urdi.

Eslatib o‘tamiz, Harri Keyn ushbu mavsumda 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-01-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 114) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют