» » Harri Keyn Maykl Ouenning 17 yil oldingi natijasini takrorladi

Harri Keyn Maykl Ouenning 17 yil oldingi natijasini takrorladi


23-dekabr, yakshanba kuni Angliya premyer ligasi 18-tur doirasida “Tottenhem” “Everton” maydoniga safar qildi. “Gudison Park” stadionida kechgan o‘yinda mehmonlar ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi (6:2).

Uchrashuvda “Tottenhem” hujumchisi Harri Keyn dublga erishdi. Angliyalik futbolchi “Everton” bilan bo‘lib o‘tgan ketma-ket 4 ta o‘yinda kamida 2 tadan gol urdi va Maykl Ouenning 1998/01-yillarda “Liverpul” safida “Nyukasl”ga qarshi kechgan o‘yinlarda qayd etgan natijasini takrorladi.

“Tottenhem” APL musobaqa jadvalida 42 ochko to‘plab, 3-o‘rinni egallab turibdi. “Everton” esa 11-pog‘onadan joy olgan (24 ochko).

Harri Keyn esa to‘purarlar poygasida 11 ta gol bilan Muhammad Salohdan(12 ta gol) so‘ng 2-o‘rinda bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-12-2018, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют