» » Boxing day’da “Siti” hamda “Tottenhem”dan boshqa barcha yetakchilar ochko yo‘qotdi. Kataloncha futbol peshqadam

Boxing day’da “Siti” hamda “Tottenhem”dan boshqa barcha yetakchilar ochko yo‘qotdi. Kataloncha futbol peshqadam


Angliya Premyer-Ligasi klublari Boxing day’ning ilk turini yakunladi. Bu 19-turga to‘g‘ri keldi.

Bir kun avval “Arsenal” va “Liverpul” klublari ochkolarni o‘zaro bo‘lib olgandi, ularning ketidan “Chelsi” hamda “Yunayted” ham 2 ochkodan boy berdi.

Antonio Konte shogirdlari “Everton” maydonida gol ura olmadi. Sem Ellardays “Everton”ni qabul qilib olganidan buyon jamoa mag‘lubiyat nima ekanini bilmay kelmoqda. Shu tariqa liverpullik futbolchilar xavfli zonadan ancha uzoqlashib ketdi.

“Yunayted” esa “Lester” uyida 2 ochkoni qo‘ldan boy berdi. Joze Mourinyo jamoasi hisobda oldinga chiqib olgach, hakam Jonatan Moss “Lester”ni maydonda bir kishi kam qoldirdi. Shunga qaramay, “tulkilar” so‘nggi soniyalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Ular yaqindagina Angliya Liga Kubogida “Siti”ga qarshi saf tortib, Manchesterning bu jamoasini ham so‘nggi soniyalarda jazolagandi.

“Tottenhem” va “Siti” kabi yetakchilargina Boxing day’ni omadli boshladi. Gvardiola jamoasi raqibi postiga javobsiz 4 ta gol urgan bo‘lsa, “Tottenhem” safida Harri Keyin xet-trik qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa Keyn to‘purarlar poygasida “Liverpul” a’zosi Muhammad Saloh bilan tenglashib oldi. Har ikki futbolchi hisobida 15 tadan gol bor.

Ispaniya va Angliyada kataloncha futbol bayrami davom etadi. La Ligada “Barselona” raqibi “Real”dan 14 ochko ilgarilab ketgan bo‘lsa, APLda “Siti” hamshahrini 13 ochko ortda qoldiryapti.

Angliya Premyer-Ligasi

19-tur bellashuvlari

22-dekabr, juma

Gollar: Filippe Koutinyo, 26 (0:1). Muhammad Saloh, 52 (0:2). Aleksis Sanches, 53 (1:2). Granit Jaka, 56 (2:2). Mesut O‘zil, 58 (3:2). Roberto Firmino, 71 (3:3).

23-dekabr, shanba

Gollar: Luka Milivoyevich, 59-pen (0:1). Jordan Ayyu, 77 (1:1).

Gollar: Jo Allen, 19 (1:0). Erik Shupo-Moting, 47+ (2:0). Salomon Rondon, 51 (2:1). Ramadan Sobxi, 95+ (3:1).

Gollar: Serxio Aguero, 27 (1:0). Rahim Sterling, 53 (2:0). Serxio Aguero, 80 (3:0). Danilo, 85 (4:0).

Gollar: Charli Ostin, 24 (1:0). Loran Depuatr, 64 (1:1).

Gollar: Marko Arnautovich, 6 (1:0). Anri Seve, 10 (1:1). Muhammad Diame, 52 (1:2). Kristian Atsu, 60 (1:3). Andre Ayyu, 68 (2:3).

Gol: Paskal Gross, 64 (1:0).

Gollar: Harri Keyn, 7-pen (0:1). Harri Keyn, 69 (0:2). Harri Keyn, 79 (0:3).

Gollar: Jeymi Vardi, 27 (1:0). Xuan Mata, 40 (1:1). Xuan Mata, 60 (1:2). Harri Magvayr, 90+4 (2:2).

Chetlatish: Daniel Amarti, 73 (L).

Опубликовано: admin (24-12-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 8) ( 0) ( 6) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют