» » Parkent hokimligi hokimning ogliga tegishli firmadan 260 mln somga Captiva sotib olgani malum boldi

Parkent hokimligi hokimning ogliga tegishli firmadan 260 mln somga Captiva sotib olgani malum boldi


Parkent tumani hokimligi hokimning ogli tomonidan tasis qilingan firmadan Captiva avtomobilini sotib olgan. Bu haqda dastlab 19-sentabr kuni Telegramdagi @davletovuz kanali malumot berdi, keyinroq bu malumotni Toshkent viloyati hokimligi matbuot kotibi Behzod Qobulov tasdiqladi.

@davletovuzning Davlat xaridlari portalidagi ochiq malumotlarga tayanib yozishicha, Parkent tumani hokimligi 14-sentabr kuni zaxira budjetdan 269 million som ajratib, Mega Karer kompaniyasidan 260 million somga 2018-yilda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan Captiva sotib olgan. Pandemiya davrida budjet ikki-uch marta optimallashtirilayotgan bir paytda tuman hokimligi rahbariyatining Captiva mingisi kelib qolibdi, deb vaziyatga munosabat bildirgan kanal.

Ayni vaqtda Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reyestri malumotlariga asoslanib, @davletovuz hokimlikka Captiva sotgan firmaning eng katta ulushga ega tasischisi ismi-sharifi Sardor Nigmatovich Isroilov, Parkent tumani hokimining ismi-sharifi esa Nigmat Isroilovich Muhamedov ekaniga etibor qaratib, hokimlik hokimning ogli tasis etgan firmadan mashina sotib olgan bolishi mumkinligiga ishora qilgan.

Toshkent viloyati hokimligi matbuot kotibi Behzod Qobulov ushbu holat yuzasidan izoh berarkan, Parkent tumani hokimligi, haqiqatan ham, tasischilaridan biri tuman hokimi Nigmat Muhamedovning ogli Sardor Isroilov bolgan korxonadan Captiva sotib olganini tasdiqlagan.

Ozingizga yaxshi malum, Parkent tog va togoldi hududlardan tarkib topgan. Shundan kelib chiqib, 2019-yilda tuman hokimligi Captiva xarid qilishni rejalashtirgan. Biroq osha vaqtda tuman budjetida yetarli mablag bolmagani tufayli, tuman hokimining farzandi, yani Mega Karer MChJ tasischilaridan biri otasi foydalanishi uchun mazkur mashinani berib turgan.

Ogzaki kelishuvga kora, tuman budjetida yetarli mablag bolgan paytda pul otkazib beriladigan bolgan. Yani, mashina tuman hokimligi ixtiyoriga berilgan paytda yangi bolgan. Oradan bir yildan koproq vaqt otgach tolov qobiliyati shakllanganidan keyin bu mablaglar firmaga baholovchi tashkilot tomonidan belgilangan narxga kora otkazib berilgan.

Yana ham aniqroq aytganda, tuman hokimining farzandi tuman hokimligiga yangi Captivani keyinroq tolab berish shartiga rozi bolgan holda topshirgan. Bu orinda qarindosh-urugchilik rishtasidan manfaat kozda tutilmagani, qaytaga avtomashinani real narxidan past bahoga xarid qilinganiga etibor qaratishingizni istardim.

Behzod Qobulov, Toshkent viloyati hokimligi matbuot kotibi

Behzod Qobulovning alohida qayd etishicha, Captiva sotib olishga qaror qilingan vaqtda tuman budjetida pul yetarli bolmagan bolsa-da, keyinchalik pul bolgan, yani mahalliy budjetning orttirib bajarilgan qismi miqdori har chorakda malum boladi va bu mablagni qanday tasarruf etish hokimning ixtiyoridagi ish edi.

Ammo Nigmat Muhammedov rahbar sifatida imkoniyat bolganda ham, avvalo, eng zarur soha va tarmoqlarga mablag yonaltirishni maqul korgani bugungi kunda oziga qimmatga tushyapti ijtimoiy tarmoqlarda masala muhokamalar markazida, deb fikr bildirgan Toshkent viloyati hokimligi matbuot kotibi.

Uning takidlashicha, tuman budjetining puli kochada qolmagan va bu borada ota kuchli nazorat tizimi mavjud. Bu vaziyatda budjet mablagi talon-toroj bolgani haqida pisandalar baquvvat asosga ega emas, deydi Behzod Qobulov.

Qoshimcha qilinishicha, Parkent tumani hokimi Nigmat Muhammedov Parkentni sevgan, uning xalqi sogligi uchun qaygurgan har bir parkentlik singari... umumiy xayriya marafonida munosib ishtirok etib, tuman shifoxonasiga oylik maoshidan jamgargan puliga 10 ta suniy nafas olish uskunasini taqdim etgan.

Behzod Qobulovning izohiga @davletovuz kanali quyidagicha munosabat bildirgan: Ozbekistonda hammaning niyati yaxshi. Hamma yaxshi niyatlar ham togri va qonuniy bolaveradimi? Asosiy masala shunda. Odamlarning yaxshi niyatiga ishonilsa, korrupsiya togrisidagi qonunni qabul qilishga ham, manfaatlar toqnashuvini cheklashga ham hojat qolmas edi. Bir gap bor: amaldor baribir ham oz junini davlat juni bilan aralashtirib yubormasligi kerak.



Manba: Daryo.uz
: admin (20-09-2020, 19:25)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
:
-
:
20 ... -