» » Salibchilarga qarshi kurash tarixidan. 20-sentabr Salohiddin Ayubiy Quddusni qamalga olgan kun

Salibchilarga qarshi kurash tarixidan. 20-sentabr Salohiddin Ayubiy Quddusni qamalga olgan kun


1099-yilda barcha dinlar uchun muqaddas shahar bolgan Quddusni salib yurishlarida qatnashgan xristian askarlari egalladi. Musulmonlar qasos olishni xohlardi. Ammo bu revansh osha musulmonlarning nabiralariga nasib qildi. 1187-yilda katta sahnaga Yevropada Saladin nomi bilan abadiylashtirilgan Misr va Suriya sultoni Salohiddin Ayubiy chiqdi va salibchilarga chaqiruv tashladi.DaryoQuddus qirolligining qulashi tarixi haqida hikoya qiladi.

1187-yil 4-iyulda musulmonlar navbatdagi salibchilar ustidan sozsiz galaba qozondi. Xattin yon bagirlarida Salohiddin jangda oldirilgan jasadlar uyumiga qarab turardi. Sharq quyoshi yer-u kokni jazirama bilan qoplagan, qirol Gi Luzinyan va koplab zodagon baronlar qolga olingandi. Salibchi ritsarlarning bir nechtasi Tir shahridan panoh topib, qochishga muvaffaq boldi. Salohiddinning buyrugi bilan 200 ga yaqin tamplier va gospitalyer ritsarlari oldirildi. Sultonning shaxsan ozi shatilionlik baron Renoning boshini qilich bilan kesib tashladi.

Muqaddas zaminni qaytarib olish uchun boshqa tosiqlar yoq edi. Boshqa shaharlar ham birin-ketin Salohiddinning rahm-shafqatiga taslim bola boshladi. Sultonga boysunmagan yagona shahar Tir edi. Ammo sulton Quddusga intilar ekan, Tirni qamal qilishga vaqt va kuch sarflamaslikka qaror qildi.

Xristianlar tomonidan Quddus mudofaasini ritsar Balian d'Ibelin boshqardi. U Xattindagi janglarda omon qolganva aslida shaharga rafiqasi, u yerda bolalari bilan birga bolib turgan Vizantiya malikasi Mariya Komninani ziyorat qilish uchun kelgandi. Ammo taqdir taqozosi bilan Quddusda qirollikning yagona hukmdori bolib qoldi. Balian Quddusni himoya qila olmasligini yaxshi bilardi. Shahar kochalarini toldirgan qochoqlarning janglarda umuman foydasi yoq edi, oziq-ovqat taminoti esa susayib borardi. Biroq aholi musulmonlar bilan kurashishga tayyor edi.

Quddus mudofaasidagi xristianlarga, avvalo, tajribali jangchilar yetishmasdi. Balian mahalliy zodagonlar orasidan 60 nafar yigitga ritsarlik unvonini taqdim qildi. Togri, unvon ularning jangdagi mahorati va tajribasini kopaytirib qoymadi.

Salohiddin esa ikkilanmadi va 20-sentabr kuni uning armiyasi muqaddas shaharni qamal qilishni boshladi. Sultonning qarorgohi dastlab Quddusning garbiy qismida joylashgan bolib, u yerda ushbu voqealardan 88 yil oldin tuluzalik qomondon Raymundning armiyasi joylashgandi. Musulmonlar shahar devorlarini oqqa tutishni boshladi, hujum qilishga urinishdi, ammo ularga quyosh nurlari tosqinlik qildi. Quyosh Salohiddinning jangchilarini kozlarini qamashtirardi va ular orqaga chekinishardi. Kechqurun yana janglar davom etdi, ammo yana hech qanday natija bolmadi. Quddus himoyachilari ketma-ket sakkiz kun davomida musulmonlar hujumini qaytardi.

Salohiddin xiyla-nayrangga murojaat qildi va keyingi hujumlarni quyosh kotarilishi bilan boshladi, endi quyosh xristianlarning kozlariga tushardi. Ammo bu ham yordam bermadi Quddusni himoya qilish davom etdi.

Keyin sulton oz pozitsiyasini ozgartirib, shimol tomonga otdi, u tomonda na darvozalar va na oq uzish uchun derazalar bor edi. Tosh otish mashinalari ornatildi, ular darhol ot ochishni boshladi. Salohaddin askarlarni uch qismga ajratdi, qalqon va kamonchilar bilan himoyalangan qism Quddus devorlariga yaqinlashdi. Keyingi ikki kun ichida ular devorlarni 15 tirsak uzunlikda teshib, osha teshiklarga tonkalarni yoqishdi. Devorning ichki yogoch qismlari yonib ketdi va ushbu hududdagi devorlar va minoralar qulab tushishga tayyor edi. Xristianlar tushkunlikka tushdi. Quddus kochalarida odamlar guruh bolib yurishlarni uyushtirishar va Xudoni rahm-shafqatiga chaqirishardi.

29-sentabrda Salohiddin qoshinlari Quddus devorlarini buzishga muvaffaq boldi. Balianning odamlari uni yamashga urindi, ammo bu qochib bolmas yakunning boshlanishi edi.

Shahar ichida yunon va suriyalik nasroniylarning fitnasi pishib yetildi.Ular katoliklarga boysunishni istashmas va cherkov marosimlaridan noroziligini korsatib kelardi. Yunonlar Salohiddinga ularni ozod qilish sharti bilan Quddus eshiklarini ochib berishlarini yetkazishdi. Ushbu rejalar oz vaqtida oshkor boldi, ammo fitna jamoatchilikka malum bolib ulgurdi va shahar aholisining ruhiyatiga qattiq tasir qildi.

Balian Salohiddin bilan muzokara otkazishga qaror qildi. Biroq Sulton shaharni unga topshirish taklifiga shubha bilan qaradi. Unga endi hech qanday muzokaralar asosida shaharni ochib berishlari kerak emasdi, chunki shundoq ham ozi shaharni qiyinchiliksiz egallashi mumkin edi.

Salohiddinning qarori ushbu yerlarning kelajagi borasidagi rejalarga asoslandi. U oz davlatiga Falastinni ham qoshib olishni niyat qilgan va malumki, sultondan minnatdor bolgan xalqni boshqarish osonligini tushungan. Haddan tashqari vahshiylik unga faqat zarar yetkazishi mumkinligini oylagan Salohiddin rozi boldi u masihiylarga hayot va erkinlikni tortiq qildi. Salohiddinga shahar kalitlari topshirildi.

Xristianlarning shaharni tark etish kunida Salohiddin asosiy maydonda otirib, ularning gamgin yurishini tomosha qildi. Ayollar va bolalar nomalum narsadan qorqib, yiglashardi. Erkaklar nafaqat ozlarining narsalarini, balki yaradorlarni ham olib ketishardi. Salohiddinning ukasi Salfiddin bu holatga chiday olmadi. U Sultondan jangda qatnashgani uchun xohlaganicha tasarruf etish huquqi bilan unga mingta qul berishini soradi. Salohiddin rozi boldi va ukasi ularni ozod qildi.

Salohiddin tomonidan shahardan chiqib ketayotgan har bir odam uchun omon puli joriy qilingandi. Ammo shaharda puli yoq kambagallar ham juda kop edi. Patriarx Irakli 700 qashshoqni, Balian esa 500 kishini ozod qilishga mablag berdi, shundan song sulton ham oz rahm-shafqatini korsatishga qaror qildi. U darvozani ochib, barcha kambagallarni bilan qoyib yuborishni buyurdi. Oziga erkinlik sotib olishga qodir bolgan, ammo pulini yashirgan firibgar esa jazolandi.

Ozod qilingan insonlar oqimi ulkan hamda boshqarib bolmas edi va shuning uchun ularni uchga bolishdi. Tamplierlar va gospitalyerlaroz guruhlariga boshchilik qildi, uchinchi guruhga Balian boshchilik qildi. Qochqinlar himoyaga muhtoj edi. Biroq ularni na Tripolida va na Tirda qabul qilishmadi. Qochqinlarni oz dindoshlari xoinlar deb atashdi, tunashdi va haydab chiqarishdi. Bazilar musulmon yerlariga qaytib, boshpana topdi, boshqalari Yevropaga yetib oldi. Yevropaga ular bilan birga Quddusning qulagani haqidagi xabarlar yetib bordi.

Salohiddin bu ulkan galabadan ozini yoqotib qoymadi, talonchilik va qirginlar uyushtirmadi. Musulmonlar Quddusdagi pravoslav nasroniylarga nisbatan juda bagrikeng edi va hatto ularga qolishga ruxsat berildi. Musulmonlar shahardagi tamplierlarning uylarini tozaladi va atirgul suvi bilan yuvdi, al-Aqso masjidini esa yangitdan muqaddaslashtirdi.

Shunday qilib, buyuk sarkarda Salohiddin Ayubiyning aqli va qilichi zarbidan Quddus qirolligi quladi. Salibchilar qolida faqat Tir, Tripoli va Suriyadagi Krak de Shevalye qalasi qoldi. Keyingi 1188-yilda oz davrining eng buyuk Yevropa monarxlari, Angliya qiroli Richard I Sher Yurak va Germaniya imperatori FridrixII Barbarossalar yana Yaqin Sharq ustiga urush olovini olib keldi. Shunday qilib, Uchinchi salib yurishlari boshlandi, ammo bu endi umuman boshqa hikoya...

Nubek Alimov tayyorladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (20-09-2020, 20:40)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
:
-
:
20 ... -