» » Tailanddagi ko‘ngilochar bog‘ sayyohlar chiqindisini ularning o‘zlariga pochta orqali yuborishni yo‘lga qo‘ydi

Tailanddagi ko‘ngilochar bog‘ sayyohlar chiqindisini ularning o‘zlariga pochta orqali yuborishni yo‘lga qo‘ydi


Tailanddagi Kxauyay milliy bog‘i xodimlari, sayyohlar qoldirib ketgan chiqindilarni pochta orqali o‘ziga yubormoqchi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.

Atrof-muhit vaziri Varavut Silpa-archaning ta’kidlanishiga qaraganda, tashrif buyuruvchilarning bog‘ga kirishidan avval ma’lumotlari yozib qolinadi va bu orqali kim chiqindi qoldirganini topish oson bo‘ladi. Bog‘ hududiga chiqindi tashlaganlar video kamera orqali kuzatiladi. Barcha chiqindilar, xususan, ovqat mahsulotlari qoldiqlari ham posilka orqali sayyohlarning uy manziliga yuboriladi.

Birinchi chiqindi solingan banderol tayyor va unga “Siz bularni Kxauyay milliy bog‘ida unutib qoldiribsiz”, deb yozilgan eslatma xati qo‘shib yuboriladi.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, bog‘da chiqindi qoldirilgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilish — besh yilgacha ozodlikdan mahkum bo‘lish mumkin.

Maydoni 2168 kvadrat kilometrni tashkil qiladigan Kxauyay, Tailanddagi ikkinchi eng katta bog‘ sanaladi. Unda 320 qush turi va 76 sutemizuvchilar turi mavjud. Qoldirilgan chiqindi va axlatlar mazkur hayvonlarga zarar keltirishi mumkin, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: Britaniyalik rassom chiqindi solingan sellofan paketni auksionda sotmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 13:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 22) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют