» » Yevroittifoq davlatlarining tashqi ishlar vazirlari Belarusga qarshi sanksiya qo‘llash borasida bir to‘xtamga kela olmadi

Yevroittifoq davlatlarining tashqi ishlar vazirlari Belarusga qarshi sanksiya qo‘llash borasida bir to‘xtamga kela olmadi


Yevropa ittifoqiga a’zo mamlakatlarning tashqi ishlar vazirlari Belarusga qarshi sanksiyalar qo‘llash borasida bir to‘xtamga kela olmadi, shu sababli mazkur masala davlatlar va hukumatlar rahbarlari ishtirokida yana muhokama qilinadi. Bu haqda Yevropa ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel ma’lum qildi, deb yozmoqda “Interfaks”.

“Vazirlar Belarusga qarshi sanksiyalar qo‘llash masalasini muhokama qildi. Garchi bu borada barchada xohish mavjud bo‘lsa ham, ayni vaqtda ushbu ishni qilish imkonsiz, sababi bu borada barcha bir qarorni qo‘llab-quvvatlashi talab etiladi. Bugun hammaning gapi bir yerdan chiqqani yo‘q”, – degan Borrel matbuot anjumani vaqtida.

“Ushbu masala davlat va hukumatlar rahbarlari tomonidan shu hafta davomida Yevrokengashda muhokama qilinadi”, – deya qo‘shimcha qilgan u.

Mavzuga doir: Aleksandr Lukashenko Litva va Polsha bilan chegaralar yopilishini, Ukraina bilan esa chegara kuchaytirilishini ma’lum qildi

Borrel ushbu masala muhokamasi vaqtida ittifoqqa a’zo mamlakatlardan biri umumiy qaror chiqarilishiga qo‘shilmaganini qayd etdi.

“Biz birdamlik bilan qaror qabul qilishimiz kerak, ammo buning uchun bitta davlatning roziligi yetishmayapti va ushbu mamlakat – Kipr. Kipr Belarusga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilishiga qarshi emas, lekin ular bir vaqtning o‘zida Turkiyaga nisbatan ham choralar ko‘rish zarur deb hisoblamoqda”, – degan Borrel.

Avval sentabr boshida Bloomberg agentligi Kiprning Yevroittifoqdagi hamkasblarini Belarusdan tashqari O‘rta Yer dengizi sharqidagi burg‘ilash ishlari tufayli Turkiyaga nisbatan ham sanksiyalar qo‘llash lozimligi haqida ogohlantirganini xabar qilgandi.

Agentlik Kiprning iyun oyida ham YeI sanksiyalari ro‘yxatiga Turkiyaning yettita kompaniyasini kiritishni taklif etganini ham eslatgan.

“Yevroittifoq davlatlari tashqi ishlar vazirlarining keyingi kengashigacha sanksiyalar qo‘llash borasida bir qarorga kelinishiga bor kuchimni safarbar qilishga tayyorman”, – degan Borrel Bryusseldagi matbuot anjumanida. Borrel bu ishni Yevropa ittifoqining obro‘si uchun ham amalga oshirish zarur ekanini alohida ta’kidlagan.

U hafta oxirida davlat va hukumatlar rahbarlarining muhokamasidan keyin Yevroittifoqda sanksiyalarni qo‘llash masalasi yakuniy nuqtaga yaqinlashishini bildirgan.

Lukashenkoga qarshi sanksiyalar

Borrelning aytishicha, YeI davlatlari Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoga nisbatan sanksiyalar qo‘llash borasida yagona qarorga kelmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, masala hali ham muhokama qilinmoqda.

Borrel ayrim mamlakatlar ushbu qaror qabul qilinadigan vaqt kelganini bildirayotgani, boshqalar esa strategik nuqtayi nazardan mazkur bosqichda bunday qaror chiqarmaslik lozimligini qayd etganini aytib o‘tgan.

Mavzuga doir: Yevropa parlamenti Lukashenkoni prezident deb tan olmadi va Rossiyaning Belarus ishlariga aralashuvini qoraladi

Belarusda 9-avgustda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida qayd etilgan natijalarga qarshi xalqning norozilik namoyishlari davom etmoqda. Saylovlarda 1994-yildan buyon mamlakatni boshqarib kelayotgan Aleksandr Lukashenko g‘olib deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 07:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют