» » Die Welt: Yevropa Ittifoqi Lukashenkoga qarshi sanksiyalar qo‘llashni rad etdi

Die Welt: Yevropa Ittifoqi Lukashenkoga qarshi sanksiyalar qo‘llashni rad etdi


Germaniya, Fransiya va Italiya bahsli prezident saylovlari tufayli Aleksandr Lukashenkoga qarshi sanksiyalar joriy etilishiga qarshi chiqdi. Boltiqbo‘yi davlatlari va Polsha esa unga qarshi sanksiyalarni talab qilmoqda. Meduza’ning yozishicha, bu haqda diplomatik manbalarga tayanib, Germaniyaning Die Welt gazetasi xabar berdi.

Germaniya va Fransiya rasmiylari Lukashenkoga qarshi sanksiyalar qo‘llanilsa, Minsk bilan muloqot butunlay to‘xtaydi, degan fikrda.

Manbaning xabar berishicha, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Lukashenkoni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritish masalasida hali rasman ovoz bermagan, ammo bu boradagi muzokaralar yakdil xulosa bilan yakunlandi.

19-avgust kuni Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari Belarusdagi saylov natijalarini tan olishdan bosh tortdi va mamlakat rahbariyatiga shaxsiy sanksiyalarni qo‘llashga va’da berdi.

31-avgust kuni Latviya, Litva va Estoniya Aleksandr Lukashenko va yana 29 nafar belaruslik mansabdorga nisbatan sanksiya joriy qildi.

2011—2016-yillarda Aleksandr Lukashenko va Belarusning yana 169 nafar rasmiy shaxslari Yevropa Ittifoqi sanksiyasi ostida bo‘lgan. Ular 2010-yil dekabr oyida Belarusda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlaridagi manipulyatsiya va o‘sha paytda amalga oshirilgan hibsga olishlar tufayli qora ro‘yxatga kiritilgan.

Hozirda qurol-yarog‘ va uskunalar yetkazib berishga qo‘yilgan embargo va Lukashenkoning siyosiy muxoliflarini o‘g‘irlashda va qotillikda ishtirok etgan xavfsizlik xizmatining to‘rt nafar xodimiga qarshi sanksiyalar o‘z kuchida qolmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 06:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют