» » Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari Belarusdagi saylov natijalarini tan olishdan bosh tortdi

Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari Belarusdagi saylov natijalarini tan olishdan bosh tortdi


Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari Belarusda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi natijalarini tan olmaydi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining favqulodda sammitidan so‘ng Germaniya kansleri Angela Merkel ma’lum qildi, deb yozmoqda Focus.

Merkelning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi tinch namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlashini bildiradi hamda mamlakat rahbariyatini zo‘ravonlikdan voz kechishga va muxolifat bilan muloqot qilishga chaqiradi.

Merkelning ishonch bildirishicha, Belarus aholisining o‘zi mamlakat ketadigan yo‘lni tanlashi kerak. Shuningdek, kansler boshqa davlatlarni, xususan, Rossiyani tashqi aralashuvlardan tiyilishga chaqirgan.

Avvalroq Belarus prezidentligiga nomzod Svetlana Tixanovskaya Yevropa Kengashiga videomurojaat bilan chiqib, Yevropa yetakchilaridan Belarusdagi saylov natijalarini tan olmaslikni so‘ragandi.

Bunga qadar Kanada, Irlandiya va Buyuk Britaniya Belarusdagi prezidentlik saylovi natijalarini tan olmasligini ma’lum qilgandi. AQSh prezidenti Donald Tramp Belarusda yuz berayotgan voqealarga o‘z munosabatini bildirgandi.

Shuningdek, Yevrokomissiya ittifoq mamlakatlarni Minskka qarshi sanksiyalar qo‘llashga tayyor deb baholayotgani haqida xabar berilgandi. BMT bosh kotibi esa Belarusda saylovlardan keyin yuzaga kelgan mojaroni muloqot orqali hal qilishga chaqirdi. Yevropa parlamenti Lukashenkoga Persona non grata maqomini berdi va Moskvadan Belarus ishlariga aralashmaslikni so‘ragandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют