» » Kanada va Irlandiya Belarusdagi prezidentlik saylovi natijalarini tan olmadi

Kanada va Irlandiya Belarusdagi prezidentlik saylovi natijalarini tan olmadi


Kanada va Irlandiya Belarusdagi prezidentlik saylovida Aleksandr Lukashenko g‘alaba qozonganini tan olishdan bosh tortdi. Bu haqda ushbu davlatlar tashqi ishlar vazirlarining bayonotlarida aytildi, deya xabar bermoqda Meduza.

Irlandiya tashqi ishlar vaziri Saymon Kovenining fikricha, Belarusdagi saylov natijalari noqonuniydir. Saylovlar oldidan va undan keyin sodir etilgan qo‘rqitish va hibsga olishlar, rasmiylarning butun mamlakat bo‘ylab bo‘lib o‘tayotgan keng ko‘lamli va asosan tinch namoyishlarga munosabati shundan dalolat beradi.

Kanada tashqi ishlar vaziri Fransua-Filipp Shampan, o‘z navbatida, saylov natijalari soxtalashtirilganini aytib, erkin va adolatli ovoz berishga chaqirdi. U YXHTdan Belarusdagi saylovlarni tekshirishni so‘radi. Vazir o‘z bayonotida tinch namoyishchilarga nisbatan qo‘llanilgan “qattiq choralarni” ham qoraladi.

Eslatib o‘tamiz, Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov kuni Minsk markazida harbiy texnika paydo bo‘ldi. Belarus militsiyasi saylov uchastkalari oldida to‘plangan odamlarni qo‘lga oldi. Saylov kuni oqshomida mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlari ochilmay qoldi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyin norozilik namoyishi boshlandi. Shundan buyon mamlakatda norozilik namoyishlari va namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun chiqishlar davom etmoqda.

Belarus Markaziy saylov komissiyasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida respublikaning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko 80,08 foiz ovoz to‘plagan. Muxolifat nomzodi Svetlana Tixanovskaya esa rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 10,09 foiz ovoz olgan.

Natijalar e’lon qilingach, Svetlana Tixanovskaya o‘tkazilgan saylovlarda o‘zini g‘olib deya hisoblashini ma’lum qildi va Lukashenkoga muzokaralar o‘tkazish taklifini berdi. Shuningdek, u saylovlarning natijasi yuzasidan Markaziy saylov komissiyasiga norozilik bildirdi.

Telegram 15-avgust kuni Telegram messenjeri 15-avgust kuni Belarusdagi saylovlar borasida rasmiy kanalini ishga tushirdi. So‘rovnomada qatnashganlarning yarmidan ko‘pi Svetlana Tixanovskayaga ovoz berganliklarini belgilagan. Tixanovskayaning o‘zi esa milliy yetakchi bo‘lishga tayyorligini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют