» » Svetlana Tixanovskaya Belarusdagi saylovlarning natijasi yuzasidan Markaziy saylov komissiyasiga norozilik bildirdi

Svetlana Tixanovskaya Belarusdagi saylovlarning natijasi yuzasidan Markaziy saylov komissiyasiga norozilik bildirdi


Belarusdagi prezidentlik saylovlarida ikkinchi o‘rinni egallagan Svetlana Tixanovskaya Markaziy saylov komissiyasiga natijalar yuzasidan shikoyat kiritdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qilgan.

Tixanovskaya saylov natijalarini bekor qilish va ovozlarni qaytadan hisoblab chiqish yoki saylovlarni qaytadan o‘tkazishni talab qilmoqda, deya vaziyat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot bergan “TASS”.

Belarus MSK bergan oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko 80,08 foiz, Tixanovskaya esa 10,09 foiz ovoz to‘plagan. Tixanovskaya saylovning so‘nggi natijalarini tan olmayapti.

“Biz protokollarni real tarzda ko‘zdan kechirdik. Ovozi o‘g‘irlab olingan nomzodlarni ham jim turmaslikka chaqiramiz”, — degan nomzod ayol.

Avval Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Belarusda ommaviy norozilik namoyishlari bilan yakunlangan prezidentlik saylovlaridan so‘ng o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali chiqish qilgani va Belarusning barcha aholisi ham amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko saylovlarda g‘olib chiqqani to‘g‘risidagi Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga qo‘shilmasligini aytgandi. Shuningdek, Belarusning yana bir yaqin qo‘shnisi hisoblanuvchi Polsha norozilik namoyishlarini qattiqqo‘llik bilan bostirilishi hamda o‘zboshimchalik bilan hibsga olinishlarni qoralagan. Polsha TIV Belarus hukumatini vaziyatni chigallashtirishni to‘xtatishga va asosiy inson huquqlariga rioya qilishni boshlashga chaqirgan.

Belarusda prezident saylovlari 9-avgustda bo‘lib o‘tdi. Dastlabki rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, unda so‘nggi 26 yildan beri mamlakatga rahbarlik qilib kelgan Aleksandr Lukashenko 80 foiz ovoz bilan oldinda bormoqda. Mustaqil ekzit-pol ma’lumotlari saylovda Lukashenkoning asosiy raqibi — Svetlana Tixanovskaya katta ustunlikka erishganini ko‘rsatgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют