» » Ekzit-pol: Belarusdan tashqaridagi saylov uchastkalarida Tixanovskaya salkam 80 foiz olgan

Ekzit-pol: Belarusdan tashqaridagi saylov uchastkalarida Tixanovskaya salkam 80 foiz olgan


Belarus prezidenti saylovi uchun mamlakatdan tashqarida tashkil etilgan saylov uchastkalarida prezidentlikka nomzod Svetlana Tixanovskaya 79,69 foiz ovoz olgan. Bu haqda, ekzit-pol ma’lumotlariga asoslanib, “Radio Svoboda” xabar bermoqda.

Xorijdagi saylov uchastkalarida Belarusning amaldagi prezidenti Aleksandr Lukashenko uchun 6,25 foiz ovoz berilgan. Saylovchilarning deyarli 11 foizi aynan kimga ovoz berganini ma’lum qilishdan bosh tortgan, 1,96 foiz saylovchi esa barchaga qarshi ovoz berganini ta’kidlagan. 0,5 foiz ovoz qolgan nomzodlar o‘rtasida taqsimlangan.

Qayd etishlaricha, ushbu ma’lumotlar 19 ta saylov uchastkasidan olingan. So‘rovnomada 6572 kishi qatnashgani aytilmoqda.

Avvalroq Belarusning o‘zidagi saylov uchastkalarida davlat tomonidan o‘tkazilgan ekzit-pol natijalariga ko‘ra, amaldagi prezident Lukashenko salkam 80 foiz, uning eng asosiy raqobatchisi Svetlana Tixanovskaya esa 6,8 foiz ovoz olgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 00:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют