» » Tixanovskaya o‘zini prezidentlik saylovlari g‘olibi deb e’lon qildi va Lukashenkoga muzokaralar o‘tkazish taklifini bildirdi

Tixanovskaya o‘zini prezidentlik saylovlari g‘olibi deb e’lon qildi va Lukashenkoga muzokaralar o‘tkazish taklifini bildirdi


Belarus prezidentligiga nomzod Svetlana Tixanovskaya o‘tkazilgan saylovlarda o‘zini g‘olib deya hisoblashini ma’lum qildi, deb xabar beradi “MBX media”.

Tixanovskayaning so‘zlariga ko‘ra, o‘z shtabida ovozlarni hisoblashga oid muqobil ma’lumotlar mavjud hamda uning jamoasi “barcha buzilishlarni isbotlash” niyatida.

“Biz saylov natijalarini tan olmaymiz. Biz haqiqiy protokollarni ko‘rdik. O‘z ovozini o‘g‘irlangan deya hisoblayotgan barchani jim turmaslikka chaqiramiz”, — deydi Tixanovskaya. Shuningdek, u Aleksandr Lukashenko bilan uchrashishga tayyor ekanligini bildirgan.

Tixanovskayaning shtab boshlig‘i Mariya Kolesnikova esa o‘z navbatida, shtab uzoq muddatli noroziliklarga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.

Belarus Markaziy saylov komissiyasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida Lukashenko 80,23 foiz, Tixanovskaya esa — 9,9 foiz ovoz to‘plagan.

Mavzuga doir: “Biz g‘olib chiqdik, deb hisoblayman. Chunki o‘zimizdagi qo‘rquvni yenga oldik”. Svetlana Tixanovskaya — Belarus prezidenti saylovidan so‘ng

Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Dastlabki rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, unda so‘nggi 26 yildan beri mamlakatga rahbarlik qilib kelgan Aleksandr Lukashenko 80 foiz ovoz bilan oldinda bormoqda. Ayni vaqtda, mustaqil ekzit-pol ma’lumotlari saylovda Lukashenkoning eng asosiy raqibi — Svetlana Tixanovskaya katta ustunlikka erishganini ko‘rsatmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют