» » Yevropa parlamenti Lukashenkoga Persona non grata maqomini berdi va Moskvadan Belarus ishlariga aralashmaslikni so‘radi

Yevropa parlamenti Lukashenkoga Persona non grata maqomini berdi va Moskvadan Belarus ishlariga aralashmaslikni so‘radi


Yevropa parlamentining yetakchi partiyalari rahbarlari Belarusda yangi prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga, tinch namoyishchilarga qarshi zo‘ravonlik holatlarini tergov qilishga va siyosiy mahbuslarni ozod qilishga chaqirdi. Bu haqda European People’s Party xabar qildi.

“Biz Belarus xalqini jasurligi va qat’iyati uchun olqishlaymiz va ularning demokratik o‘zgarish va ozodlikka bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz. 9-avgust kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovlari na erkin, na adolatli bo‘lgan. Ishonchli hisobotlar Svetlana Tixanovskayaning g‘alabasidan dalolat beradi. Shuning uchun biz Aleksandr Lukashenkoni Belarusning qayta saylangan prezidenti sifatida tan olmaymiz va uni Yevropa Ittifoqida Persona non grata deb bilamiz”, — deyiladi tomonlar qo‘shma bayonotida.

Yevropa parlamenti vakillari Rossiya rasmiylarini Belarus ishlariga yashirin yoki oshkora har qanday aralashuvdan tiyilishga chaqirdi, shuningdek, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlardan Rossiyaning ushbu yo‘nalishdagi har qanday harakatlariga qarshi chiqishni so‘radi.

Shuningdek, bayonot mualliflari, YeI davlatlari tashqi ishlar vazirlarining Belarusdagi prezident saylovlarini soxtalashtirish va bunda aybdor bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalarni qo‘llash to‘g‘risidagi qarorini qo‘llab-quvvatladi hamda iloji boricha tezroq sanksiyalar ro‘yxatini tuzishni so‘radi.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 17-avgust kuni mamlakatda yangi prezident saylovlari o‘tkazilmasligini aytdi.

“Meni o‘ldirmaguningizcha, boshqa saylovlar bo‘lmaydi”, — dedi Lukashenko.

Eslatib o‘tamiz, Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov kuni Minsk markazida harbiy texnika paydo bo‘ldi. Belarus militsiyasi saylov uchastkalari oldida to‘plangan odamlarni qo‘lga oldi. Saylov kuni oqshomida mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlari ochilmay qoldi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyin norozilik namoyishi boshlandi. Shundan buyon mamlakatda norozilik namoyishlari va namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun chiqishlar davom etmoqda.

Belarus Markaziy saylov komissiyasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida respublikaning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko 80,08 foiz ovoz to‘plagan. Muxolifat nomzodi Svetlana Tixanovskaya esa rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 10,09 foiz ovoz olgan.

Natijalar e’lon qilingach, Svetlana Tixanovskaya o‘tkazilgan saylovlarda o‘zini g‘olib deya hisoblashini ma’lum qildi va Lukashenkoga muzokaralar o‘tkazish taklifini berdi. Shuningdek, u saylovlarning natijasi yuzasidan Markaziy saylov komissiyasiga norozilik bildirdi.

Telegram 15-avgust kuni Telegram messenjeri 15-avgust kuni Belarusdagi saylovlar borasida rasmiy kanalini ishga tushirdi. So‘rovnomada qatnashganlarning yarmidan ko‘pi Svetlana Tixanovskayaga ovoz berganliklarini belgilagan. Tixanovskayaning o‘zi esa milliy yetakchi bo‘lishga tayyorligini bildirdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют