» » Shavkat Mirziyoyev tabrik maktubi izidan telefon orqali Aleksandr Lukashenkoni prezidentlik saylovidagi g‘alaba bilan qutladi

Shavkat Mirziyoyev tabrik maktubi izidan telefon orqali Aleksandr Lukashenkoni prezidentlik saylovidagi g‘alaba bilan qutladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-avgust kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni bo‘lib o‘tgan prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan tabriklab, unga Belarusning barqaror taraqqiyoti va ravnaqini ta’minlash yo‘lida yangi zafarlar tiladi.

Ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi hamda mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi an’anaviy yaqin hamkorlikka doir dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Keyingi yillarda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalar, avvalo, savdo-iqtisodiy sohadagi amaliy hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Oliy darajadagi kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, ikki mamlakat yetakchi korxonalarining kooperatsiyasi bo‘yicha istiqbolli loyihalarni ilgari surish va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini kengaytirish maqsadida o‘zaro muloqotni, shu jumladan, qo‘shma Hukumatlararo komissiya doirasida faollashtirishga kelishib olindi.

Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Aleksandr Lukashenkoga maktub yo‘llab, uni Belarus prezidenti saylovidagi g‘alaba bilan tabriklagandi.

Eslatib o‘tamiz, Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Belarus Markaziy saylov komissiyasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida respublikaning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko 80,23 foiz ovoz to‘plagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют