» » Shavkat Mirziyoyev Lukashenkoni prezidentlikka qayta saylangani bilan tabrikladi. Avvalroq Szinpin, To‘qayev va Putin ham tabriklagandi

Shavkat Mirziyoyev Lukashenkoni prezidentlikka qayta saylangani bilan tabrikladi. Avvalroq Szinpin, To‘qayev va Putin ham tabriklagandi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni Belarus prezidenti saylovida erishgan ishonchli g‘alabasi bilan qutladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev o‘z maktubida saylovchilar ishtirokining yuqori darajasi va ovoz berish natijalari Belarus xalqining Aleksandr Lukashenkoga bo‘lgan ulkan ishonchini va birdamligini, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish, mamlakatda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan samarali islohotlar davom ettirilishini to‘liq qo‘llab-quvvatlayotganini yana bir bor namoyon etganini qayd etgan.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish ikki tomonlama munosabatlarni aniq mazmun – iqtisodiyot tarmoqlarida kooperatsiya bo‘yicha muhim loyihalar va gumanitar almashinuvga oid dasturlar bilan boyitishiga ishonch bildirgan.

Avvalroq Xitoy raisi Si Szinpin Belarusning amaldagi prezidenti Aleksandr Lukashenkoni saylovlardagi g‘alaba bilan birinchi bo‘lib tabriklagan edi.

“Xitoy hukumati va xalqi, shuningdek, shaxsan o‘zimning nomimdan samimiy tabriklarimni va eng yaxshi tilaklarimni izhor etaman. Ishonchim komilki, sizning boshqaruvgiz ostida Belarus davlat qurilishi ishida yangi ajoyib muvaffaqiyatlarga, albatta, erishadi”, — deydi Xitoy rahbari.

“Sinxua” agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Si Szinpin Xitoy— Belarus munosabatlariga alohida e’tibor qaratishini va Lukashenko bilan “yelkama-yelka” turib ishlashga tayyor ekanligini bildirgan.

Bundan tashqari, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ham Aleksandr Lukashenkoga tabrik telegrammasini yo‘llagan. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

“Murakkab siyosiy vaziyatda o‘tkazilgan saylovlar natijasi xalq sizning Belarus suvereniteti va mustaqilligini mustahkamlashga qaratilgan yo‘nalishingizni qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatmoqda”, — deyiladi telegrammada.

Meduza’ning yozishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Lukashenkoni prezidentlik saylovlaridagi g‘alaba bilan muborakbod etgan. “O‘ylaymanki, sizning davlatchilikka oid faoliyatingiz Rossiya—Belarus munosabatlarining o‘zaro manfaatli barcha sohalarining yanada rivojlanishi uchun xizmat qiladi”, — deyiladi Putin tabrigida.

Mavzuga doir: “Biz g‘olib chiqdik, deb hisoblayman. Chunki o‘zimizdagi qo‘rquvni yenga oldik”. Svetlana Tixanovskaya — Belarus prezidenti saylovidan so‘ng

Eslatib o‘tamiz, Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyingi norozilik namoyishi boshlangan. Ishtirokchilarini tarqatib yuborish uchun militsiyaning maxsus bo‘linmasi rezina o‘qlardan foydalanishga majbur bo‘lgan. Belarus Markaziy saylov komissiyasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida respublikaning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko 80,23 foiz ovoz to‘plagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют