» » Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni Rossiya prezidenti saylovida erishgan ishonchli g‘alabasi bilan qutladi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni Rossiya prezidenti saylovida erishgan ishonchli g‘alabasi bilan qutladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinni prezident saylovida erishgan ishonchli g‘alabasi bilan qutladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbarining tabrigida saylov natijalari Vladimir Putin rahbarligida amalga oshirilayotgan har tomonlama o‘ylangan, Rossiya jamiyatini birlashtirish, odamlar turmush darajasini yuksaltirish, iqtisodiyot, infratuzilma va davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish, davlat suverenitetini qat’iy himoya qilish va Rossiya Federatsiyasining jahonda muhim o‘rin tutgan davlat sifatidagi rolini mustahkamlashga qaratilgan siyosatga Rossiya xalqi tomonidan ulkan ishonch bildirilayotgani va har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganini yana bir bor namoyish etgani qayd qilingan. 

O‘tgan yilning aprel oyida Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirilgan davlat tashrifi, yaqin muloqot, siyosiy iroda hamda tomonlarning amaliy hamkorlikni sifat jihatidan kengaytirishga birdek intilishi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini salmoqli darajada mustahkamladi.

Siyosat, savdo-iqtisodiy, investitsiya, bank-moliya, transport-kommunikatsiya, harbiy-texnik, madaniy-gumanitar va ko‘plab boshqa sohalarda turli darajalarda olib borilayotgan faol hamkorlikda erishilgan aniq natijalar bundan dalolat beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют