» » Buyuk Britaniya Belarusdagi prezidentlik saylovi natijalarini tan olishdan bosh tortdi

Buyuk Britaniya Belarusdagi prezidentlik saylovi natijalarini tan olishdan bosh tortdi


Buyuk Britaniya Belarusda 9-avgust kuni o‘tkazilgan prezidentlik saylovi natijalarini tan olmaydi. Bu haqda mamlakat hukumati ma’lum qildi.

“Dunyo bu soxta prezidentlik saylovi ortidan yuz bergan tinch namoyishlarni bostirish uchun Belarus hukumati tomonidan qo‘llanilayotgan zo‘ravonlikni dahshat bilan kuzatdi”, — deya ma’lum qilgan Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Dominik Raab.

Vazirning va’da qilishicha, Buyuk Britaniya aybdorlarni jazolash va Belarus hukumatini javobgarlikka tortish uchun xalqaro hamkorlar bilan ishlaydi.

Raabning fikricha, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti orqali saylovning nohalol bo‘lishiga olib kelgan kamchiliklarni va dahshatli zo‘ravonlikni o‘rganib chiqish kerak.

O‘z navbatida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevropa Ittifoqini tinch namoyishlarga chiqayotgan belarusliklarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga chaqirgan.

Avvalroq Yevrokomissiya ittifoq mamlakatlarni Minskka qarshi sanksiyalar qo‘llashga tayyor deb baholayotgani haqida xabar berilgandi. BMT bosh kotibi esa Belarusda saylovlardan keyin yuzaga kelgan mojaroni muloqot orqali hal qilishga chaqirdi.

Belarusning amaldagi prezidenti Aleksandr Lukashenko esa o‘lgan taqdirida ham mamlakatni hech kimga bermasligini aytdi.

Mavzuga doir: Minskdagi zavod ishchilari Lukashenkoni “Ket!” deya kutib oldi. Lukashenko: “Ket deb baqiraveringlar”, dedi va ketdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют