» » Tereza Mey 8-iyunda muddatidan avvalgi parlament saylovi bo‘lib o‘tishini e’lon qildi

Tereza Mey 8-iyunda muddatidan avvalgi parlament saylovi bo‘lib o‘tishini e’lon qildi


Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey 8-iyun kuni muddatidan avvalgi parlament saylovi bo‘lib o‘tishini e’lon qildi. Bosh vazir buni “Mamlakatga Yevropa Ittifoqidan chiqish uchun barqaror parlament hamda kuchli hukumat kerak”, — deya izohladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Hukumatning ushbu qarorini Tereza Mey fuqarolarga Londondagi Dauning-strit qarorgohi yaqinidagi tezkor murojaat vaqtida e’lon qildi.

Bosh vazirning ma’lum qilishicha, 19-aprel kuni parlamentga muddatidan avvalgi saylov o‘tkazish bo‘yicha qonun loyihasini taqdim etiladi, ushbu loyiha qabul qilinishi uchun ovozlarning uchdan ikki qismi kerak bo‘ladi.

Bundan avvalgi parlament saylovi 2015-yilda bo‘lib o‘tgan, navbatdagisi 2020-yilga mo‘ljallangan edi, deb yozadi Reuters.

Mey saylov o‘tkazish zaruratini mamlakat parlamentida Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi masalasi bo‘yicha birlik yo‘qligi bilan izohladi.

Ittifoqdan chiqish masalasida o‘tkazilgan 2016-yilgi referendum vaqtida mamlakat fuqarolari Brexit uchun ovoz bergan edi.

“Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etadi, boshqa yo‘l yo‘q… Biz o‘z valyutamiz, qonunlarimiz, chegaralarimiz nazoratini qaytaramiz va eski do‘st va hamkorlarimiz bilan erkin ravishda bitimlar tuzamiz”, — dedi bosh vazir.

Meyning so‘zlariga ko‘ra, muxolifatning Leyboristik partiyasi Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqishidagi yakuniy kelishuvlarni to‘sib qo‘yishni va’da bergan. Liberal-demokratlar partiyasi quyi palataning ishini falajlamoqda, Shotlandiya milliy partiyasi esa hukumat qilayotgan ishga butunlay qarshilik ko‘rsatmoqda.

Hozirda parlamentdagi 650 o‘rindan 330 tasi Konservativ partiyasiga tegishli. Leyboristlarda 232 ta o‘rin, Shotlandiya parlamentida esa 54 o‘rin, liberal-demokratlarda to‘qqiz o‘rin bor.

Liberal-demokratik partiya yetakchisi Tim Farron o‘zining partiyasi muddatdan avvalgi saylov o‘tkazish tarafdori ekanligini ma’lum qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют