» » Britaniya hukumati: Brexit’ni to‘xtatish uchun parlamentga hech bir imkon bermaymiz

Britaniya hukumati: Brexit’ni to‘xtatish uchun parlamentga hech bir imkon bermaymiz


Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning vakili bergan bayonotga ko‘ra, mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishiga qarshi bo‘lgan parlament a’zolari hukumat rahbarining Brexit bo‘yicha o‘z strategiyasini amalga oshirishiga xalal bera olmaydi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

“Hukumatda Britaniya xalqining xohish-irodasini amalga oshirish bo‘yicha alohida huquq bo‘lmog‘i lozim, deb hisoblaymiz”, — dedi bosh vazirning vakili.

Mazkur bayonot Tereza Meyning Brexit bo‘yicha strategiyasi Britaniya parlamentida muhokama qilinayotgan bir vaqtda berildi.

“Biz Yevropa Ittifoqi tarkibida qolish yoki ittifoq bilan qayta qo‘shilish bo‘yicha urinishlarga hech bir imkon qoldirmaymiz”, — deya qo‘shimcha qildi Meyning vakili.

Avvalroq Buyuk Britaniya hukumati mamlakatning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi bo‘yicha rasman hujjat — “Oq kitob”ni e’lon qilgan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют