» » Boris Jonson: London Qrimning bosib olinishini tan olmaydi

Boris Jonson: London Qrimning bosib olinishini tan olmaydi


Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson Londonning Sitisi lord-merining Pasxa bayramiga bag‘ishlangan banketida nutq so‘zladi va Birlashgan Qirollik Qrimning “noqonuniy bosib olinishi”ni tan olmoqchi emasligini, AQShning Suriyadagi xatti-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini va Brexit’dan qo‘rqmasligini ta’kidladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

“Biz barcha Yevropa mamlakatlarining suvereniteti va hududiy yaxlitligini talab qilamiz hamda Rossiyaning Qrim ustidan noqonuniy istilosini tan olishdan bosh tortamiz”, — dedi u.

Shuningdek, o‘z nutqida Jonson Buyuk Britaniya AQShning Suriyadagi xatti-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

“Biz Suriyadagi tinch aholining kimyoviy qurol yordamida o‘ldirilishiga qarshi chiqayotgan AQShni qo‘llab-quvvatlaymiz —  va biz aybdorlarni javobgarlikka tortish ustiada ishlaymiz”, — dedi u.

Britaniya uchun asosiy bo‘lgan mavzu — mamlakatning Yevroittifoqdan chiqishi borasida esa vazir konservatorlarda Brexit bo‘yicha muzokaralarga qaratilgan aniq reja borligini va bu reja Britaniya va Yevroittifoqqa “o‘ziga xos sheriklik”ni o‘rnatib, ham britaniyaliklar, ham yevropaliklar manfaatlariga xizmat qilish imkonini berishini aytdi.

Опубликовано: admin (27-04-2017, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 112) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют