» » Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson Amerika fuqaroligidan voz kechdi

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson Amerika fuqaroligidan voz kechdi


Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson AQSh fuqaroligidan voz kechdi. The Guardian’ning yozishicha, uning ismini 2016-yilda AQSh fuqaroligidan chiqqan qariyb besh ming kishilik ro‘yxatidan topish mumkin.

Jonsonning bu qarori nima bilan bog‘liq ekaniga aniqlik kiritilmagan, deb yozadi Meduza.

Avvalroq britaniyalik siyosiy arbob AQSh soliq tizimini bir necha bor tanqid ostiga olgan edi. Xususan, 2014-yili AQSh soliq organlari undan Londonning Izlington tumanidagi uyini sotishdan tushgan daromad hisobidan 50 ming dollar miqdorida to‘lov qilishni talab etgan.

Boris Jonson Nyu-Yorkda tug‘ilgan va u besh yoshga to‘lganida oilasi Buyuk Britaniyaga ko‘chib ketgan. Yaqin vaqtgacha Jonson ikki mamlakat — Buyuk Britaniya va AQSh fuqarosi edi. U 2008—2016-yillarda London shahriga merlik qilgan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют