» » Tixanovskaya Yevropa yetakchilaridan Belarusdagi saylov natijalarini tan olmaslikni so‘radi

Tixanovskaya Yevropa yetakchilaridan Belarusdagi saylov natijalarini tan olmaslikni so‘radi


Belarus prezidentligiga nomzod Svetlana Tixanovskaya Yevropa Kengashiga videomurojaat bilan chiqdi. Video YouTube’dagi “Strana dlya jizni” kanalida ingliz tilida e’lon qilingan. Unda Tixanovskaya Belarusda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi natijalarini tan olmaslikka chaqirdi.

Hurmatli Yevropa yetakchilari.

Mening xalqim ikki haftadan buyon o‘z rahbarlarini tanlash bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlari uchun tinch kurashmoqda. 9-avgust kuni bo‘lib o‘tgan saylovlar haqqoniy ham, shaffof ham bo‘lmagan. Natijalar soxtalashtirilgan. O‘z ovozlarini himoya qilish uchun Belarus bo‘ylab shahar ko‘chalariga chiqqan odamlar shafqatsizlarcha kaltaklangan, hibsga olingan, hokimiyatga qattiq tirmashgan tuzum tomonidan qiynoqqa solingan. Bu ayni damda Yevropa markazida yuz bermoqda.

Men barchangizdan bu soxtalashtirilgan saylovlarni tan olmaslikni so‘rayman. Lukashenko xalqimiz va butun dunyo oldida har qanday legitimlikni yo‘qotdi. Hukumat transferini amalga oshirish maqsadida Belarusda muvofiqlashtiruvchi kengash tuzish tashabbusi bilan chiqdim.

U hokimiyatni tinch yo‘l bilan muloqot orqali topshirish jarayoniga bosh bo‘ladi. U zudlik bilan xalqaro kuzatuvchilar ishtirokidagi yangi, adolatli va demokratik prezidentlik saylovini e’lon qiladi.

Hurmatli Yevropa davlatlari rahbarlari, sizlarni Belarusning harakatini qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman. Belarus Respublikasi suvereniteti va Belarus xalqi tanlovini hurmat qilishga chaqiraman.

Eslatib o‘tamiz, Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov kuni Minsk markazida harbiy texnika paydo bo‘ldi. Belarus militsiyasi saylov uchastkalari oldida to‘plangan odamlarni qo‘lga oldi. Saylov kuni oqshomida mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlari ochilmay qoldi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyin norozilik namoyishi boshlandi. Shundan buyon mamlakatda norozilik namoyishlari va namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun chiqishlar davom etmoqda.

Belarus Markaziy saylov komissiyasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida respublikaning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko 80,08 foiz ovoz to‘plagan. Muxolifat nomzodi Svetlana Tixanovskaya esa rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 10,09 foiz ovoz olgan.

Natijalar e’lon qilingach, Svetlana Tixanovskaya o‘tkazilgan saylovlarda o‘zini g‘olib deya hisoblashini ma’lum qildi va Lukashenkoga muzokaralar o‘tkazish taklifini berdi. Shuningdek, u saylovlarning natijasi yuzasidan Markaziy saylov komissiyasiga norozilik bildirdi.

Telegram 15-avgust kuni Telegram messenjeri 15-avgust kuni Belarusdagi saylovlar borasida rasmiy kanalini ishga tushirdi. So‘rovnomada qatnashganlarning yarmidan ko‘pi Svetlana Tixanovskayaga ovoz berganliklarini belgilagan. Tixanovskayaning o‘zi esa milliy yetakchi bo‘lishga tayyorligini bildirdi.

Avvalroq Yevropa parlamenti Lukashenkoga Persona non grata maqomini bergani, Kanada va Irlandiya Belarusdagi prezidentlik saylovida Aleksandr Lukashenko g‘alaba qozonganini tan olishdan bosh tortgani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Lukashenko muxolifatning muvofiqlashtirish kengashini tuzishini hukumatni egallashga bo‘lgan urinish deb baholadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют