» » Belarusdagi konchi norozilik sifatida shaxtadan chiqishdan bosh tortdi. U 440 metr chuqurlikda qoldi

Belarusdagi konchi norozilik sifatida shaxtadan chiqishdan bosh tortdi. U 440 metr chuqurlikda qoldi


“Belaruskaliy” to‘rtinchi kon boshqarmasining tog‘-kon ustasi Oleg Kudelka o‘z talablari bajarilmaguncha shaxtadan yer yuziga ko‘tarilishdan bosh tortdi. Meduza’ning xabar berishicha, bu haqda korxonaning ish tashlash qo‘mitasi ma’lum qilgan. Bu xabarni Onliner va Tut.by’ga shaxtyorning hamkasblari ham tasdiqlagan.

Kudelka “Belaruskaliy” bosh direktori iste’fosini, ish tashlash qo‘mitasi a’zolarini ozod qilishni, ularga va oila a’zolariga bosim o‘tkazishni to‘xtatishni, “Belaruskaliy”ning ish tashlash e’lon qilgan xodimlarini ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi qarorlarni bekor qilishni, kuchishlatar tuzilmalarning noqonuniy harakatlarini to‘xtatishni talab qilgan.

Kudelka hamkasblarining aytishicha, u konning 440 metr chuqurligida qolgan. U qidirilmoqda. “Uni qidirishga ketishgan. Lekin shaxtada ba’zan odamni bir sutkada, ba’zan esa bir soatda topish ham mumkin”, — degan ulardan biri Tut.by’ga.

Kudelka norozilik sifatida “Belaruskaliy”dan ko‘tarilishdan bosh tortgan ikkinchi xodim bo‘ldi. 10-sentabr kuni konchi Yuriy Korzun ham shunday yo‘l tutgan. U o‘zini kishan bilan ruda qazib oluvchi uskunaga bog‘lab qo‘ygan. Oradan bir necha soat o‘tib kishanni yechib, u shaxtadan tashqariga olib chiqilgan.

Shuningdek, Meduza’ning qo‘shimcha qilishicha, “Belaruskaliy” ish tashlash qo‘mitasi Kudelka xotiniga qo‘ng‘iroq qilib, uni kuch bilan olib chiqib, tez yordamga o‘tqazishgani va psixonevrologik dispanserga olib ketishayotganini aytganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 9-avgust kuni Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkazildi. Markaziy saylov komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, u 80 foiz ovoz olib oltinchi marta g‘olib bo‘ldi. Shu bilan birga OAVlar va kuzatuvchilar saylovlarda ko‘plab qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilganini bildirgan. Saylovlardan so‘ng ommaviy noroziliklar boshlangan va hali ham davom etib kelmoqda.

Mavzuga doir: Bloomberg: Moskva Belarusdagi norozilik namoyishlari ko‘lamidan hayratda, biroq Putin bu Lukashenkoni ag‘dara olishiga ishonmaydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 09:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют