» » General Motors ishchilari umummilliy ish tashlash e’lon qildi. 50 ming kishi ishga chiqmadi, 33 zavod to‘xtab qoldi

General Motors ishchilari umummilliy ish tashlash e’lon qildi. 50 ming kishi ishga chiqmadi, 33 zavod to‘xtab qoldi


General Motors’ga tegishli zavodlarning ishchilari umummilliy ish tashlash munosabati bilan 16-sentabr, dushanba kuni ishga chiqmadi, deb xabar bermoqda Meduza.

Ish tashlash kasaba uyushmasining kompaniya rahbariyati bilan yangi to‘rt yillik mehnat shartnomasi bo‘yicha muzokaralarda muvaffaqiyatsizlikka uchraganligi sababli boshlangan.

Unda butun AQSh bo‘ylab 50 mingga yaqin ishchi ishtirok etmoqda — ish tashlash tufayli 33 ta zavodda ish to‘xtab qolgan.

Oxirgi marta GM ishchilarining umumilliy ish tashlashi 2007-yilda kuzatilgan edi. O‘shanda norozilik ikki kun davom etgan. GM ishchilarining undan avvalgi — 1970-yilgi ish tashlashi esa 69 kunga cho‘zilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют