» » British Airways uchuvchilari 40 yil ichida ilk bor ish tashlash e’lon qilmoqchi

British Airways uchuvchilari 40 yil ichida ilk bor ish tashlash e’lon qilmoqchi


Britaniya aviakompaniyalari uchuvchilarining kasaba uyushmasi (British Airline Pilots Association, BALPA) British Airways kompaniyasi bilan maoshlarini oshirish bo‘yicha muzokaralar natijasiz yakunlanganidan so‘ng ish tashlash o‘tkazishga qaror qildi.

Kasaba uyushmasiga British Airways uchuvchilarining 90 foizi a’zo, shu bois ish tashlash aviakompaniya parvozlari jadvaliga jiddiy ta’sir qilishi mumkin.

BAPLA va British Airways o‘rtasidagi muzokaralar o‘tgan yil noyabr oyidan beri davom etmoqda. Kasaba uyushmasi a’zolari kompaniya xodimlari o‘rtasida daromad taqsimlanishiga erishmoqchi, British Airways esa uch yil ichida maoshlarni 11,5 foizga oshirish niyatida.

Ish tashlash sanasi hozircha e’lon qilinmadi. Aviakompaniyada oxirgi bor bunday holat 1970-yillarda ro‘y bergandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют