» » Quyosh tizimidagi odam yashashi uchun yaroqli joy nomi ma’lum qilindi

Quyosh tizimidagi odam yashashi uchun yaroqli joy nomi ma’lum qilindi


Britaniyaning Birmingem universiteti olimlari Quyosh tizimida inson yashashi uchun mos keladigan joyni aniqladi, deb xabar beradi BGR.

Mutaxassislar suvning suyuq shaklda va biologik faol moddalarning mavjudligini ta’minlashga imkon beradigan osmon jismini tanlangan.

Marsning janubiy qutbidagi muz qatlamlari ostidan ko‘l, sayyora atmosferasida esa metan topilgan. Ushbu gazni tirik organizmlar hosil qiladi. Olimlarning ta’kidlashicha, qizil sayyorada hayot mavjud bo‘lishi mumkin, faqat mikroblar ko‘rinishida.

Yupiter yo‘ldoshi Yevropaning qattiq qatlamlari ostida esa suyuq okean mavjud. Uning usti muz bilan qoplangan, biroq ular orasidan geyzerlar otilib turadi. Geologik faollik o‘z navbatida gidromaterial manbalarning mavjudligi foydasi haqida gapiradi.

Saturnning tabiiy yo‘ldoshi Enselad ham Yevropaga o‘xshaydi. Uning muz yuzalari qa’ridan otilayotgan geyzerlarda organik molekulalar aniqlangan. Sayyoraning ikkinchi yo‘ldoshi — Titanda ham hayot mavjud bo‘lishi mumkin. Uning azotli qalin atmosferasi murakkab organik moddalarga ega. Shuningdek, tabiiy yo‘ldoshda suyuq metandan iborat havzalar bor.

Uning yuzasidagi kriovulqonlar lava o‘rniga suv otadi. Titandagi havo harorati minus 180 daraja Selsiyga teng, biroq ayrim olimlarning fikricha, u yerdagi hayot tarzi Yerdagidan farq qilishi mumkin.

Avvalroq NASA muhandisi Titanning afzalligi meteoritlar va kosmik radiatsiyadan himoya qiluvchi zich qatlamli atmosferaga egaligi, qolaversa, atmosferaning shu darajada zichligidan, odamlar hatto taqiladigan qanotlar yordamida uchishlari mumkinligi to‘g‘risida ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: NASA odam yashashi mumkin bo‘lgan birinchi ekzosayyorani aniqladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 10:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют