» » Chirchiq daryosi ustiga qurilgan ko‘prik atrofdagi shag‘al qazuvchilar sabab yaroqsiz holga kelayotgani ma’lum qilindi (video)

Chirchiq daryosi ustiga qurilgan ko‘prik atrofdagi shag‘al qazuvchilar sabab yaroqsiz holga kelayotgani ma’lum qilindi (video)


Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Chirchiq daryosi ustiga qurilgan ko‘prik yaroqsiz holga kelayotgani tasvirlangan video yuzasidan holat voqea joyiga borib, mutaxassislar ishtirokida o‘rganildi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali orqali ma’lum qilindi.

Videoda Qibray tumanidan Bo‘stonliq tumaniga eltuvchi ko‘prik ustunlari ostini suv yuvib ketgani tasvirlangan.

Ta’kidlanishicha, “Chirchiq bolta” ko‘prigi loyiha asosida, 21 metr chuqurlikda, tepa qismi 1,4 fundament qilinib, ustiga 7 metrli sakkizta ustun qoqilgan. Qurilish jarayonida hech qanday xatolikka yo‘l qo‘yilmagan.

“Oxiri xususiy tadbirkorlik subyektlari, shag‘al qazib olish [daryodan] korxonalariga borib taqalmoqda. Bu haqda tegishli tashkilotlarga xabar berdik, agar shu tariqa qazish ishlari davom ettirilsa, ko‘prikning xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi”, — deydi mutaxassis.

Ma’lum qilinishicha, loyihaga binoan tayanch ustunlari suv ta’siriga uchrashi mumkin, bunda me’yor 3-5 metr chuqurlikni tashkil etadi. Hozirda uning qariyb 1 metrini suv yuvgan. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, ko‘prik ustunlarining suv yuvib ketishiga sabab — ko‘prikning o‘n va chap tomonlarida xususiy shag‘al qazib olish ishlari olib borilishi.

“Mazkur tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risida Toshkent viloyati prokuraturasiga ma’lumot berilgan. Hudud ikkita korxonaga berilgan. Korxonalar faoliyat turida o‘sha hududda joylashgan korxonalar uchun ekologik-ekspertiza xulosasida belgilangan talablari bor. Bu talablarning birinchisi — qazib olingan qum-shag‘al vositalaridan keyingi holatda suvni yuvib ketmaslik uchun dambalarni shakllantirish vazifasi yuklatilgan. Bu vazifani ikkala korxona ham bajarmaganligi hisobiga ko‘prikning ayrim qismlarida suv o‘zanining o‘zgarishi hisobiga yuvilish oqibati yuzaga kelgan. Davlat ahamiyatiga ega ko‘priklarning 2,5 kilometr atrofida faoliyat olib bormaslik to‘g‘risida ogohlantirish xatlari berilgan”, — deydi Ekologiya davlat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Sobir Mashrabov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 13:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют