» » Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistonga bank va kompaniyalarni isloh qilishni kechiktirmaslik bo‘yicha tavsiya berdi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistonga bank va kompaniyalarni isloh qilishni kechiktirmaslik bo‘yicha tavsiya berdi


Pandemiya sabab yuzaga kelgan inqiroz davlat banklari va korxonalaridagi islohotlarni, xususan, ularda bosharuvni yaxshilash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sektorini to‘xtatib qo‘ymasligi kerak. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasi ekspertlar guruhing O‘zbekistonga amalga oshirgan virtual tashrifi yakuni bo‘yicha taqdim etilgan press-relizida so‘z boradi.

Iqtisodiy o‘sish sekinlashganiga qaramay, ekspertlar 2020-yilda u ijobiy bo‘lishini taxmin qilmoqda, 2021-yilda esa u inqiroz susayishi bilan tezlashadi.

XBJ mutaxassislarining fikricha, hukumat yanada kuchli va barqaror iqtisodiyotga hamda yashash darajasini oshirishga erishish uchun islohotlarni davom ettirishi kerak.

“Hukumat pandemiya oqibatlarni yumshatish bo‘yicha choralarni qabul qilib, tezda va keskin harakat qildi. Buning ichiga cheklov choralari, insonlar hayoti himoyalashga mo‘ljallangan choralar, shuningdek, inqiroz avvalida yaratilgan Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi kiradi”, — deydi mutaxassislar.

O‘zbekiston Markaziy banki o‘z stavkasini 16 foizdan 14 foizga tushirdi va bank tizimlarining likvidligi yetarlicha ta’minladi, shu bilan birga, banklar inqirozga uchragan tarmoqlarni ularning kreditlarini to‘lashni kechiktirish bilan rag‘batlantirdi.

Mutaxassislarning taxminicha, soliq-budjet rag‘batlantirish choralarini hisobga olgan holda va faoliyatning pasaygani sababli soliq tushumlarining yo‘qolishi bilan birgalikda konsolidatsiya qilingan budjet kamomadi 2019-yildagi YaIMning 2,5 foizidan bu yilgi YaIMning deyarli 6 foizigacha ortadi. Xaqaro moliyaviy ko‘mak, jumladan, XVJ va Jahon bankining yordami inqiroz natijasida yuzaga kelgan moliyaviy ehtiyojlarni qoplashga yordam beradi.

Ta’kidlanishicha, mamlakatda inflyatsiya hamon oldingidek yuqori va 11 foizdan ortiqni tashkil etmoqda. Nisbatan qattiq pul-kredit siyosati sabab uning pasayishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, ekspertlarning fikriga ko‘ra, iqtisodiy tiklanishning noaniqligi va beqarorligi sharoitida, shuningdek, davlat qarzi nisbatan mo‘tadil bo‘lib qolayotganini hisobga olgan holda, 2021-yilda fiksal qo‘llab-quvvatlovni, shu jumladan, zaif uy xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash muhim ahamiyatga ega.

“Shu bilan birga, Markaziy bankning sa’y-harakatlari inflyatsiyani yanada pasaytirish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Inqiroz tugashi bilan rasmiy organlar davlatning iqtisodiyotdagi rolini kamaytirishi, bozorlarni ochish va raqobatni kuchaytirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda davom etishi kerak”, — deyiladi XVJ xulosasida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston pandemiya vaqtida Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasidan koronavirusga qarshi kurashish uchun 1 milliard dollardan ortiq kredit olgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonning tashqi va ichki qarzlari miqdori ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 17:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют