» » Uzbekistan Airways 1-oktabrdan Toshkent va Bishkek ortasidagi parvozlar sonini kopaytiradi

Uzbekistan Airways 1-oktabrdan Toshkent va Bishkek ortasidagi parvozlar sonini kopaytiradi


Uzbekistan Airways kompaniyasi 2020-yil 1-oktabrdan boshlab Toshkent va Qirgiziston poytaxti Bishkek shahri ortasidagi qatnovlar sonini haftasiga 2 marotaba oshiradi. Bu haqda kompaniya tomonidan malum qilindi.

Kompaniya xabarida parvozlar haftaning qaysi kunlari amalga oshirilishiga aniqlik kiritilmagan, biroq parvozlar vaqti va reyslar raqami korsatilgan.

ToshkentBishkek yonalishidagi parvozlar 779 va 777-reyslarda haftasiga ikki marta amalga oshiriladi. Toshkentdan soat 07:05 va 16:00 da uchadigan havo kemalari mos ravishda 09:15 va 18:10 da Bishkekka yetib boradi.

Kompaniya malumotlariga kora, BishkekToshkent yonalishida ham parvozlar haftasiga ikki marta 780 va 778-reyslarda amalga oshiriladi. Bishkekdan soat 18:40 va 19:40 parvoz qiladigan havo kemalari Toshkentga mos ravishda 19:00 va 20:00 da qonadi.

Mazkur qatnovlarga aviachiptalarni aviakompaniya veb-saytidan, mobil ilovasi orqali, shuningdek, Uzbekistan Airwaysning eng yaqin sotuv ofislaridan yoki O'zbekistondagi aviakompaniya tashuvlarini sotish agentliklaridan sotib olish mumkin.

Avvalroq Qirgiziston Ozbekiston bilan muntazam aviaqatnovni tiklashi va Toshkentga parvozlar haftada bir marta amalga oshirilishi haqida xabar berilgandi.

Eslatib otamiz, Ozbekiston 1-oktabrdan boshlab barcha xalqaro avia, temiryol va avtoyol qatnovlarini tiklaydi.



Manba: Daryo.uz
: admin (22-09-2020, 22:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 2) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -