» » Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan muntazam aviaqatnovni tiklaydi

Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan muntazam aviaqatnovni tiklaydi


O‘zbekiston bilan muntazam aviareyslarni tiklash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston respublika shtabiga tayanib “24.kg” xabar berdi.

Aniqlik kiritilishicha, 14-sentabrdan boshlab ular Toshkent—Bishkek—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlar amalga oshiriladi. Aviakompaniyalar ushbu yo‘nalishda aviachiptalar sotuvini boshladi. Toshkentga parvozlar haftada bir marta amalga oshiriladi.

Qirg‘iziston 17-sentabrdan boshlab Qozog‘iston bilan ham aviaparvozlarni tiklashni rejalashtirgan. Olmaota—Bishkek—Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi, keyinchalik ularning soni ko‘payadi.

Avvalroq Uzbekistan Airways 4-sentabrdan beshta davlat bilan muntazam xalqaro aviaparvozlarni tiklagani, ular orasida Qirg‘iziston ham borligi xabar qilingandi.

1-sentabrdan O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida avtomobil yo‘llari orqali kirish-chiqishga qo‘yilgan cheklovlar  bekor qilindi. Oxirgi 14 kun Qirg‘izistonda bo‘lib turgan yoki so‘nggi 72 soat davomidagi koronavirus infeksiyasiga PZR test tekshiruvining manfiy natijalari to‘g‘risida ma’lumotnomasi mavjud bo‘lgan shaxslar O‘zbekistonga kirib kelganda karantin nazoratiga olinmaydi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston va Qirg‘iziston yuk tashishni tashkil etish maqsadida qo‘shma logistika xablarini yaratadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 23:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 122) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют