» » Toshkent va Bishkek o‘rtasida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Toshkent va Bishkek o‘rtasida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi


“Toshkent” avtovokzalida 5-may kuni “Toshkent—Bishkek—Toshkent” xalqaro avtobus qatnovining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Muntazam reyslar 7-maydan boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Yo‘nalish uzunligi 601 kilometr bo‘lib, yo‘lga 12 soat va 40 daqiqa sarflanadi. Yo‘l haqi 120 ming so‘m va tegishlicha 1000 som etib belgilangan.

Jadvalda “G‘ishtko‘prik” (O‘zbekiston), “Jibek Joli” (Qozog‘iston), “Supatay Botir” (Qozog‘iston) va “Chaldevor” (Qirg‘iziston) postlaridagi bojxona va chegara nazoratidan o‘tish uchun 30 daqiqadan vaqt ham ajratilgan.

Qirg‘iziston poytaxtidan avtobuslar Bishkek sharqiy avtovokzalidan yo‘lga chiqadi.

Qatnovlar O‘zbekiston tomonidan Mironshox Grand Trans MChJ (Foton avtobuslari, Xitoy), Qirg‘iziston tomonidan esa “Trans Soyuz-Aziya”OAJ (Yutong atobuslari, Xitoy) tomonidan amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2018, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 41) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют