» » 5-yanvardan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

5-yanvardan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi


O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtobus qatnovi 5-yanvardan ishga tushiriladi. Bu haqda 1News xabar bermoqda.

Avtobuslar Toshkent – Chimkent – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanadi.

5-yanvar kuni prezentatsion reys amalga oshiriladi. Keyinchalik har kuni 6:00 dan 20:00 gacha bir soat oraliq bilan avtobusloar qatnay boshlaydi. Yo‘nalishning boshlang‘ich va yakuniy punktlari “Toshkent” (O‘zbekiston) va “Chimkent” (Qozog‘iston) avtovokzallari bo‘ladi.

Reyslar qulay zamonaviy avtobuslarda amalga oshiriladi. Ularning nazorat-o‘tkazish punktlarida turib qolmasligi uchun birinchi galda tekshirib, o‘tkazilishi uchun sharoit yaratiladi. Ular O‘zbekistonning “G‘ishtko‘prik” va Qozog‘istonning “Jibek jo‘li” punktlaridan o‘tadi.

Опубликовано: admin (3-01-2018, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют