» » Qozog‘iston parlamenti O‘zbekiston bilan avtobus qatnovini ochish haqidagi bitimga tuzatishlarni qabul qildi

Qozog‘iston parlamenti O‘zbekiston bilan avtobus qatnovini ochish haqidagi bitimga tuzatishlarni qabul qildi


Qozog‘iston Parlamenti Senatining yalpi majlisida “Qozog‘iston Respublikasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi 2006-yil 20-martdagi xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi protokolni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi, deb yozadi “Kazinform”.

“Ayni paytda Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida yo‘lovchi tashuvchi avtobus qatnovlari yo‘q, bu chegarani kesib o‘tishda noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda. Shu sababdan joriy yilda Chimkent va Toshkent shaharlari o‘rtasida, kelasi yilda esa tomonlarning boshqa yirik shaharlari o‘rtasida ham muntazam avtobus yo‘nalishlarini ochish rejalashtirilmoqda”, — dedi Qozog‘iston investitsiya taraqqiyot vaziri Jenis Kasimbek qonun loyihasini taqdim etar ekan.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Protokolning ratifikatsiya qilinishi savdo-iqtisodiy aloqalarning yanada rivojlanishiga ijobiy turtki beradi, shuningdek, aholining harakatchanligi oshishi va ikki tomonlama aloqalar mustahkamlanishiga imkoniyat yaratadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (12-10-2017, 10:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют