» » Toshkentdan Chimkentga ilk avtobus jo‘nab ketdi. 8-yanvardan muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Toshkentdan Chimkentga ilk avtobus jo‘nab ketdi. 8-yanvardan muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi


Toshkent shahridan Qozog‘istonning Chimkent shahriga avtobus qatnovi 8-yanvardan boshlab yo‘lga qo‘yiladi. Bugun, 5-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 08:00 da “Toshkent” avtovokzalidan “Toshkent – Chimkent – Toshkent” yo‘nalishida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari o‘rin olgan ilk avtobus yo‘lga chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

8-yanvardan boshlab yo‘lovchi avtobuslari har kuni soat 06:00—07:00 dan 19:00—20:00 gacha bir soatlik farq bilan qatnay boshlaydi.

“Reyslar vaqti mavsumga qarab o‘zgarib turishi mumkin. Agarda Tashqi ishlar vazirligi ruxsat bersa soat 21:00—22:00 oralig‘ida qatnovchi tungi reyslar ham yo‘lga qo‘yiladi”, — deya ta’kidlaydi agentlik.

Yo‘nalish bo‘yicha jami 20 ta qulay, uzoq masofaga mo‘ljallangan turistik avtobuslar — MAN, Mercedes-Benz va Higer qatnaydi.

Marshrutning uzunligi 145,2 kilometr bo‘lib, yo‘l 3—3,5 soatda bosib o‘tiladi. Reyslar nazorat-o‘tkazish punktlaridagi texnik to‘xtovlarsiz amalga oshiriladi. Bu avtobuslar, yo‘lovchilar va ularning yuklari bojxona ko‘rigi hamda pasport nazoratidan chegarani kesib o‘tayotgan boshqalardan farqli o‘laroq navbatsiz o‘tkaziladi.

Avtobuslar chegarani “G‘isht ko‘prik” (O‘zbekiston) va “Jibek joli” (Qozog‘iston) nazorat-o‘tkazish punktidan kesib o‘tadi. Marshrutning oxirgi nuqtalari “Toshkent” (O‘zbekiston) va “SHKAAV” (Qozog‘iston) avtobus bekatlari bo‘ladi.

Shuningdek, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining ma’lum qilishicha, kelajakda Qozog‘iston shaharlarini O‘zbekistonning tarixiy shaharlari — Samarqand, Buxoro va Xiva bilan bog‘lashni rejalashtirmoqda.

Опубликовано: admin (5-01-2018, 09:58)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют