» » Olmaota — Toshkent — Olmaota yo‘nalishidagi “Tulpor-Talgo” haftada ikki marta qatnovlarni amalga oshiradi (foto)

Olmaota — Toshkent — Olmaota yo‘nalishidagi “Tulpor-Talgo” haftada ikki marta qatnovlarni amalga oshiradi (foto)


Olmaota – Toshkent – Olmaota yo‘nalishida qatnovchi “Tulpor-Talgo” yangi xalqaro yo‘lovchi poyezdi qatnovi muntazam yo‘lga qo‘yilgani ikki qardosh xalq uchun yana bir muhim voqea bo‘ldi, deb xabar berdi “O‘zbekiston 24”.

Ushbu qatnov “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati va “Qazaqstan temіr joli” milliy kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Poyezd boshlig‘i Asel Ukeshovaning so‘zlariga ko‘ra, Olmaota – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlar joriy yilning 21-mart kuni boshlangan. O‘tgan vaqt ichida yo‘lovchilar hajmi 80% ko‘tarilgan.

“Tulpor-Talgo” yangi xalqaro yo‘lovchi poyezdi ko‘plab qulayliklarga ega. Vagon-restoran, vagon-bar, nogironlar uchun alohida o‘rindiqlarning borligi, iqlim nazorati bu yangi poyezd imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Eng muhimi, oddiy poyezdda Olmaotaga 24 soat yo‘l yurilgan bo‘lsa, endi bu masofani 17 soatda bosib o‘tish mumkin. Qatnovlar bundan keyin haftada ikki marta doimiy ravishda yo‘lga qo‘yiladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (19-09-2017, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют