» » 12-aprel kuni Toshkent – Olmaota yo‘nalishida avtobus qatnovi boshlanadi

12-aprel kuni Toshkent – Olmaota yo‘nalishida avtobus qatnovi boshlanadi


“O‘zavtotrans” agentligi Qozog‘iston investitsiyalar va rivojlanish vazirligining transport qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Toshkent – Olmaota – Toshkent” xalqaro avtobus yo‘nalishini ochish bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini amalga oshirdi. Bu haqda O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Loyiha Qozog‘iston va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida 2017-yil 23-martda Ostona shahrida imzolangan 2006-yil 20-martdagi xalqaro avtomobil qatnovlari to‘g‘risidagi bitimga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqidagi bayonnoma ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda. Xalqaro avtomobil qatnovlari masalalari bo‘yicha o‘zbek-qozoq qo‘shma komissiyasining yig‘ilishida erishilgan ahdlashuvlarga muvofiq, mazkur yo‘nalishni ochish yuzasidan zarur yo‘nalish hujjatlari tayyorlandi.

Yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish uchun o‘zbek tomonidan tashuvchi sifatida Erkin Emina Express Tour MChJ belgilandi. Korxona qozoq tomoni tashuvchisi YuG Trans Line MChSh bilan Qozog‘iston hududida avtobuslarga xizmat ko‘rsatish (avtobuslar texnik ko‘rigi, haydovchilar tibbiy ko‘rigi, avtobuslarni qo‘riqlash va yuvish) yuzasidan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida shartnoma tuzdi.

Yo‘nalish masofasi 818 kilometrni, yo‘ldagi vaqt esa 16 soat 30 daqiqani tashkil etadi. Jadvallarda “G’ishtko‘prik” (O‘zbekiston) va “Jibek joli” (Qozog‘iston) chegara va bojxona nazorat punkti tekshiruvidan o‘tish uchun 30 daqiqadan vaqt ajratilgan.

Tashuvchilar tomonidan yo‘nalish bo‘yicha yo‘l haqi narxi 100 ming so‘m va tegishli ravishda 4000 ming tenge narxda tashilishi tashuvchilar tomonidan e’lon qilindi.

“Toshkent – Olmaota – Toshkent” yo‘nalishi ochilishi 11-aprel kuni soat 16:00 da bo‘lib o‘tadi va muntazam qatnovlar 12-aprelidan boshlab “Toshkent” avtovokzalidan kuniga uchtadan (soat 16:00, 17:00 va 18:00 da) qatnov amalga oshiriladi.

“Olmaota – Toshkent” avtobuslari qatnovlari “Sayran” avtovokzalidan amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют