» » Qozog‘istonning O‘zbekistondagi sobiq elchisi va TIV mas’ul kotibiga sud hukmi o‘qildi

Qozog‘istonning O‘zbekistondagi sobiq elchisi va TIV mas’ul kotibiga sud hukmi o‘qildi


Nur-Sultonda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligining sobiq kotibi Anarbek Karashev va Qozog‘istonning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Yerik Utembayevga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda, shahar sudi matbuot xizmati xabar berdi.

Anarbek Karashev elchixona binosini qurish uchun ajratilgan, shuningdekб QQS to‘lash uchun mo‘ljallangan mablag‘larni o‘zlashtirishda ayblangan. Unga tadbirkorlardan pora olish, pullarni legallashtirish aybi ham qo‘yildi.

O‘z navbatida, Utembayev Karashevga yordam berganlikda ayblangan. Shuningdek, sud majlisida Tashqi ishlar vazirligi Xo‘jalik boshqarmasining sobiq direktori Sakenova (tadbirkorlardan pora olish), boshqarmaning sobiq xodimlari Nurekenov (suiiste’mol qilish va pora olish), Jumasanova (pora olishga yordam berish), MChJ rahbari Kutdusov (pora berish) ayblanuvchilar kursisidan joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev 2018-yili mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi Yerik Utembayevni egallab turgan lavozimidan vaqtincha chetlatish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi. Keyinroq u garov evaziga qo‘yib yuborilgan. Qozog‘iston TIV sobiq mas’ul kotibi Anarbek Karashev esa mamlakatning O‘zbekistondagi elchixonasi kapital ta’mirlanishi uchun ajartilgan 200 ming dollarni o‘marganlikda gumon qilingan.

Barcha sudlanuvchilarga sud tomonidan ayblov hukmi o‘qilgan. Unga ko‘ra, Anarbek Karashev va Yerik Utembayevga 2 yil ozodlikni cheklash jazosi belgilandi. Sudlanuvchilarning barchasi umrbod davlat xizmati ishlash huquqidan mahrum etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 22:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют