» » Le Monde: Putin Makron bilan suhbatda Navalniyning o‘zi “Novichok”ni ichgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi

Le Monde: Putin Makron bilan suhbatda Navalniyning o‘zi “Novichok”ni ichgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fransiya davlat rahbari Emmanuel Makron bilan suhbatda rossiyalik siyosatchi Aleksandr Navalniyning o‘zi noma’lum sabablarga ko‘ra “Novichok” guruhiga mansub zaharni ichgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi. Bu haqda Le Monde gazetasi o‘z manbalariga tayangan holda xabar tarqatdi. Nashr aynan qaysi manbadan ushbu axborotni olganiga aniqlik kiritmagan.

Emmanuel Makron suhbat chog‘ida Navalniyning o‘zi asab tizimiga ta’sir ko‘rsatib, insonni uzoq vaqt behush qiluvchi “Novichok” guruhiga kiruvchi zaharni ichgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi ushbu taxminni inkor qilgan.

Putin hamda Makron o‘rtasidagi telefon suhbati 14-sentabrda Fransiya tomonining tashabbusi bilan o‘tkazilgan. Le Monde nashrining yozishicha, suhbat chog‘ida Rossiya prezidenti Navalniyni “internetdagi qitmirlardan biri” deb atagan va muxolifat vakili tuzgan Korrupsiyaga qarshi jamg‘armaning deputat hamda amaldorlarni shantaj qilgani haqida gapirgan.

Shuningdek, Putin “Novichok” avval qayd etilganidan ko‘ra ancha murakkab tuzilishga egaligi xususida ham ma’lumot bergan. Rossiya davlat rahbari Navalniy bilan sodir bo‘lgan voqea Latviyada yashaydigan “Novichok”ni ishlab chiqqan olimlardan biri bilan bog‘liqligi yuzasidan tekshirish o‘tkazish kerakligini aytgan (Putin kim haqida gapirgani ma’lum emas). Makron esa Latviya versiyasining haqiqatdan yiroq ekanini bildirgan.

Mavzuga doir: O‘zini “Novichok” asoschilaridan biri deb aytgan kimyogar Navalniydan uzr so‘radi

Suhbatda Makron Putinga fransiyalik mutaxassislar ham Navalniyga “Novichok” guruhiga kiruvchi zaharli modda bilan suiqasd uyushtirilganini tasdiqlaganini aytgan.

Avval Germaniya hukumati ham Aleksey Navalniy Rossiyada “Novichok” turiga kiruvchi modda bilan zaharlanganini bildirgan. U ikki haftadan ortiq vaqt davomida komada yotgan, 10-sentabr kuni Navalniy zaharlanganidan so‘ng to‘liq o‘ziga kelgan va 15-sentabrda tuzala boshlaganidan keyin ilk bor Instagram’da post qoldirgan, siyosatchi 19-sentabrda tiklanish jarayoni qanday ketayotgani haqida gapirib bergan.

Germaniya Navalniyning zaharlanishiga oid ma’lumotlarni Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkilotiga yuborgan. Rossiya hukumati dastlab Omskdagi kasalxonada siyosatchidan olingan testlar organizmda zahar borligini ko‘rsatmaganini ta’kidlagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 08:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют