» » O‘zbekistonda 2021-yildan sud chaqiruvlari SMS orqali amalga oshiriladi

O‘zbekistonda 2021-yildan sud chaqiruvlari SMS orqali amalga oshiriladi


O‘zbekistonda  2021-yil 1-oktabrdan boshlab sud chaqiruvlari SMS xabar orqali bepul asosda xabardor qilinadi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev 4-sentabr kuni “Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagandi. Hujjat bilan 2020?2023-yillarda sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish dasturi tasdiqlangan.

Unga ko‘ra, 2021-yil 1-oktabrdan boshlab barcha ishtirokchilarni sud majlislarining vaqti va joyi haqida SMS xabar orqali bepul asosda xabardor qilinadi. Ilgari sudga chaqirish qat’iy ravishda qog‘oz shaklda amalga oshirilar edi.

Shuningdek, 2021-yil 1-yanvardan boshlab barcha sudlarda sud majlislarini ish bo‘yicha taraflarning iltimosnomasi va raislik qiluvchining roziligi bilan audioyozuvdan foydalangan holda qayd etib boriladi hamda sud majlislari bayonnomalarini ushbu tizimdan foydalangan holda shakllantiriladi.

2022-yil 1-yanvardan boshlab esa sud qarorlarini ish bo‘yicha taraflarga onlayn tarzda, ularning iltimosnomasi bo‘yicha esa qog‘oz shaklida taqdim etish ishlari amalga oshiriladi.

Avvalroq O‘zbekistonda sud binolariga maxsus terminallar o‘rnatilishi, sudlarga berilgan da’volarni ko‘rib chiqish jarayonini onlayn kuzatish mumkin bo‘lishi xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: “O‘zbekiston sud tizimini hozircha mustaqil deya olmaymiz” — BMT maxsus ma’ruzachisi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 09:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют