» » O‘zbekistonda sud binolariga maxsus terminallar o‘rnatiladi – Prezident qarori

O‘zbekistonda sud binolariga maxsus terminallar o‘rnatiladi – Prezident qarori


Shavkat Mirziyoyev “Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan, 2020?2023-yillarda sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish dasturi tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, fuqarolarga sud binosidan turib sudlar tomonidan ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlardan mustaqil ravishda foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida sud binolariga maxsus terminallar o‘rnatish rejalashtirilgan.

Bunda terminal parametrlarini tasdiqlash, tanlov savdosini o‘tkazish va shartnoma tuzish hamda uskunalarni sotib olish, o‘rnatish va ishga tushirish ko‘zda tutilgan. Buni bajarish muddati etib 2021-yil 1-iyul, 2021-yil 31-dekabr va 2022-yil 1-iyul belgilangan. Uskunalarni sotib olish uchun davlat budjeti va xorijiy hamkorlar mablag‘laridan 6 milliard so‘m ajratish ko‘zda tutilgan.

Mas’ul tashkilotlar sifatida Oliy sud (B. Isakov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Pekos) va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov) qayd etilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda sudlarga berilgan da’volarni ko‘rib chiqish jarayonini onlayn kuzatish mumkin bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 21:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют