» » O‘zbekistonda xizmat mashinalari davlat xizmatchilariga shaxsan biriktirilishi mumkin

O‘zbekistonda xizmat mashinalari davlat xizmatchilariga shaxsan biriktirilishi mumkin


Transport vazirligi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida xizmat avtotransportlaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Mazkur hujjat Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida xizmat avtotransportlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish hamda davlat mulkidan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirishni ta’minlash maqsadida qabul qilinadi.

Belgilanishicha, xizmat avtotransportlari O‘zbekiston Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan:

Quyidagilar:

Xizmat avtomobillari uchun yillik yo‘l bosish limitini o‘rnatish taklif etilmoqda. Masalan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga, shaharlar va tumanlar hokimlariga shaxsan biriktirilgan avtotransport uchun 54 020 kilometr, ularning o‘rinbosarlariga shaxsan biriktirilgan avtotransport uchun 36 036 kilometr belgilanadi. Xizmat avtotransportlarini suyultirilgan va siqilgan gaz yoqilg‘isiga o‘tkazayotgan vazirliklar va idoralar uchun belgilangan yo‘l bosish limitini 10 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorga oshirishga ruxsat etiladi.

Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida xizmat avtotransportlarini:

a) yangisiga almashtirish undan kamida 5 yil foydalanilgandan so‘ng amalga oshiriladi (foydalanishga yaroqsiz holga kelgan avtotransportlar bundan mustasno). Bunda avtotransportning texnik holati, undan foydalanish xavfsizligi, shuningdek, yangisiga almashtirishning iqtisodiy maqsadi inobatga olinishi lozim;

b) O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan mablag‘ oluvchi tashkilotlar tomonidan – Moliya vazirligi bilan kelishgan holda;

Qoraqalpog‘iston Respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan mablag‘ oluvchi tashkilotlar tomonidan – tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda tegishli budjetlardan ajratilgan mablag‘lar doirasida sotib olinadi yoki ijara bo‘yicha jalb etiladi, shuningdek, xizmat avtotransportlarini sotish faqat E-ijro auksion yagona elektron savdo maydonchasida auksion savdolari orqali amalga oshiriladi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari:

Moliya vazirligi:

a) axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvarga qadar:

b) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida xizmat avtotransportlarining soni, yo‘l bosish yillik limitining belgilangan me’yorlarga muvofiqligini doimiy monitoring qilib boradi hamda uning natijalarini har chorak yakuni bo‘yicha o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtirib boradi;

v) davlat organlaridagi xizmat avtotransportlarining hisobi va monitoringini yuritish, dasturiy ta'minotni amaliyotga joriy etish va monitoring natijalari yuzasidan hisobotlarni tayyorlash maqsadida vazirlikning markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida 3 ta shtat birligidan iborat bo‘lim tashkil etadi.

Belgilab qo‘yilishicha, 2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat hokimiyati (mahalliy davlat hokimiyati organlari bundan mustasno) va respublika davlat boshqaruvi organlarida:

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvarga qadar aholiga xizmat avtotransportlaridan xizmat maqsadlarida foydalanilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish imkonini beruvchi, mazkur sohadagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi foto va video materiallarni joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan maxsus veb-portalni yaratadi hamda har bir xabar berilgan holat bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish tizimini joriy etadi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda davlat idoralari xodimlariga xizmat mashinalaridan ishdan tashqari vaqtda foydalanish taqiqlanishi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют