» » Jasur Jaloliddinov “Bunyodkor”ga qaytadimi? Vadim Abramov javob berdi

Jasur Jaloliddinov “Bunyodkor”ga qaytadimi? Vadim Abramov javob berdi


2020-yilning yozida “Bunyodkor”dan “Lokomotiv” Moskva safiga yo‘l olgan Jasur Jaloliddinov toshkentliklar safiga qaytishi mumkin.

Avvalroq “temiryo‘lchilar” o‘zbekistonlik futbolchini legionerlarga nisbatan qo‘yilgan limit sabab RPL qaydnomasidan o‘chirgandi. Futbolchi ijaraga berib yuborilishi yoki “Bunyodkor”ga qaytishi haqida taxminlar bildirilgandi.

Bu borada “Bunyodkor” bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘z fikrlarini bildirdi.

Reglamentga ko‘ra, xorijdagi o‘zbekistonlik futbolchi qaytsa, istalgan paytda ro‘yxatdan o‘tkaza olamiz. Jaloliddinov “Lokomotiv”ga ketishidan avval agar u yerda o‘ynay olmasa, bu yerga qaytib o‘ynashi haqida gaplashib olgandik. Uni ro‘yxatdan o‘tkazamiz va o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladi.

Vadim Abramov, “Bunyodkor” bosh murabbiyi

Jaloliddinov iyul oyida “Lokomotiv” safiga borib qo‘shildi va klub bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.

Jasur Jaloliddinov — 2002-yil 15-mayda Navoiyda tug‘ilgan. 2018-yil 2-avgust sanasida “Bunyodkor” safida Superliga doirasida debyut o‘yinini “Qo‘qon-1912”ga qarshi o‘tkazgan. U debyut qilgan vaqtda 16 yosh 80 kunlik edi. Bu orqali u O‘zbekiston chempionatida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylangandi. 2019-yil oktabrida The Guardian talqiniga ko‘ra, dunyoning eng iste’dodli 60 futbolchisi ro‘yxatida qayd etilgan. 2019-yil yakunlariga ko‘ra, Superliganing eng yaxshi yosh o‘yinchisi deb topilgan. 2019-yil dekabrida Italiyaning “Benevento” klubi ko‘rigida bo‘lgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 10:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют