» » O‘zbekistonda Markaziy Osiyo xalqaro instituti tashkil etildi

O‘zbekistonda Markaziy Osiyo xalqaro instituti tashkil etildi


O‘zbekistonda Markaziy Osiyo xalqaro instituti tashkil etildi. “Daryo”ning hukumatdagi manbasi bergan ma’lumotga ko‘ra, bu haqda tegishli qaror Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan avgust oyida imzolangan.

Qayd etishlaricha, Markaziy Osiyo xalqaro instituti mintaqa davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvining Toshkentda bo‘lib o‘tgan ikkinchi sammitida erishilgan barcha kelishuvlarni to‘liq amalga oshirish, ekspert-tahlil doira vakillari, amaliyotchi mutaxassislar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, mintaqaviy strategiyani ishlab chiqishda ular ishtirokini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.

Mintaqa davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni har tomonlama kengaytirishga qaratilgan strategiya va dasturlarning yangi yo‘nalishlarini ishlab chiqishga ko‘maklashish, ularni ilmiy asoslangan holda chuqur tahlil qilish va tadqiq etish yangi tashkil etilgan institutning asosiy vazifalari sifatida ko‘rsatib o‘tilgan.

Shuningdek, institut mintaqa davlatlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan izlanishlar, Markaziy Osiyo xavfsizligi bilan bog‘liq boshqa tahdid va muammolarni hal etishga qaratilgan tadqiqot ishlarini olib boradi, qo‘shni davlatlarning tashqi siyosat konsepsiya va maqsadlarini puxta o‘rganadi, mintaqaviy ahamiyatga ega loyihalarni batafsil tahlil qiladi va xalqaro anjuman va tadbirlarda bu mavzularni muhokama qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 2017-yilda bo‘lib o‘tgan 72-sessiyasidagi chiqishida Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari muntazam uchrashuvlar o‘tkazishini taklif qilgan edi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining videoanjuman shaklida o‘tadigan 75-sessiyasida ishtirok etadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 13:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 19) ( 0) ( 19) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют