» » Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining navbatdagi uchrashuvi 2019-yil martda Toshkentda bo‘lib o‘tadi

Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining navbatdagi uchrashuvi 2019-yil martda Toshkentda bo‘lib o‘tadi


Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining mintaqaviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirishga qaratilgan navbatdagi maslahatlashuv uchrashuvi 2019-yil mart oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda mintaqa tashqi ishlar vazirlarining 22-iyul kuni Qirg‘izistonda imzolangan qo‘shma bayonotida ma’lum qilingan.

Joriy yil 20—22-iyul kunlari Qirg‘izistonning Cho‘lpon ota shahrida Markaziy Osiyo tashqi siyosiy idoralari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbollari, xavfsizlikni ta’minlash, chegara, transport va tranzit aloqalari, suv-energetika manbalaridan foydalanish, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlarining xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorligi masalalari muhokama qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2018, 07:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют