» » Markaziy Osiyo TIV rahbarlari vazirlar uchrashuvini muntazam o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Markaziy Osiyo TIV rahbarlari vazirlar uchrashuvini muntazam o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi


Toshkent shahrida 7-aprel kuni Markaziy Osiyoning besh davlati tashqi siyosat idoralari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmanov, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojidin Aslov, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vepa Xadjiyev Markaziy Osiyo mintaqasidagi holat, hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari, jumladan, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi aloqalar hamda mavjud umumiy muammolar yechimlarini birgalikda ishlab chiqish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Uchrashuvni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ochgach, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston delegatsiyalari rahbarlari so‘zga chiqdi.

Yig‘ilish ishtirokchilari Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmanovning BMT Xavfsizlik Kengashida olib borilayotgan ishlar haqidagi axborotini ham tingladi.

Fikr almashish chog‘ida mazkur shakldagi vazirlar uchrashuvi barcha uchun foydali ekanligi tasdiqlandi.

Yig‘ilish yakunida Markaziy Osiyo TIV rahbarlarining shu kabi forumlarini muntazam ravishda o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-04-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют